add

Vafot etgan milliarderning merosxo‘rlari 750 mln dollar soliq to‘laydigan bo‘ldi

Bugun 09:183191 daqiqa

Olamdan o‘tib ketgan texaslik milliarder Robert Brokmanning merosxo‘rlari soliqdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha AQSH tarixidagi eng yirik kelishuv doirasida 750 mln dollar to‘laydigan bo‘lishdi.

Vafot etgan milliarderning merosxo‘rlari 750 mln dollar soliq to‘laydigan bo‘ldi

AQSHlik dunyodan o‘tgan tadbirkor Robert Brokmanning merosxo‘rlari soliq va jarimalar bo‘yicha 750 mln dollar to‘lashga rozi bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar qildi.

Mazkur kelishuv AQSH tarixida jismoniy shaxslar ishtirokidagi eng yirik soliq firibgarligi ishlaridan biri hisoblanadi. Ilk bor davlat soliq organlari 1,4 mlrd dollar talab qilgan.

Talab qilingan summaning 993 mln dollari to‘lanmagan soliq va jarimalarga to‘g‘ri keladi. Qolgan qismi foizlardan iborat bo‘lgan. Ammo merosxo‘rlar foizlar bo‘yicha aniq qancha to‘lashini sud hujjatlari ochiqlamagan.

Robert Brokman avtomobil sohasida dasturiy ta’minot bilan shug‘ullangan yirik tadbirkor edi. 2020 yilda u soliq firibgarligida ayblanib, daromadlarni ofshor kompaniyalar orqali yashirgani aytilgan. Tergovga ko‘ra, yashirilgan mablag‘lar hajmi 2 mlrd dollardan oshgan.

Brokman ayblovlarni rad etgan, ammo 2022 yilda 81 yoshida sud jarayonini kuta turib, vafot etgan. Uning soliq masalalari bo‘yicha maslahatchisi esa jinoiy ish boshlanishidan oldin o‘z joniga qasd qilgan.

Dunyodan o‘tgan tadbirkor kamxarjligi bilan ham tanilgan. U arzon mehmonxonalarda qolgan, ishxonaga kelganda esa muzlatilgan taomlar bilan cheklangan. 2022 yilda «Forbes» uning boyligini 4,7 mlrd dollar deb baholagandi.

Teglar

Mavzuga oid