add

Vaqt.uz sayti rasman taqdimot qilindi: tadbirdan reportaj

25.10.2025 | 23:3512051

23 oktyabr kuni Vaqt.uz saytimizning taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlarning saytimiz haqidagi fikrlari va tilaklarini batafsil videoda tomosha qilishingiz mumkin.

Vaqt.uz sayti rasman taqdimot qilindi: tadbirdan reportaj

Vaqt.uz axborot portali 2025 yil 15 may kuni faoliyat boshlagan bo‘lib, qisqa fursat ichida iqtisodiyot, moliya, bank hamda kriptovalyuta sohalaridagi dolzarb mavzularni yoritishga ixtisoslashgan. Saytning asosiy maqsadi – O‘zbekiston va jahondagi muhim iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, ularni o‘quvchilarga oddiy va tushunarli tarzda yetkazishdir.

23 oktyabr kuni tashkil etilgan taqdimot marosimida Vaqt.uzning faoliyati, ochilish tarixi va shu paytgacha amalga oshirgan ishlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Tadbirda senatorlar, davlat va xususiy tashkilotlar vakillari, banklar matbuot kotiblari, media va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Marosimda ishtirok etgan mehmonlar saytning yangicha uslubi, iqtisodiy mavzularni tahlil qilishdagi professional yondashuvi va zamonaviy axborot yetkazish uslubini alohida qayd etdilar. Ular Vaqt.uz jamoasiga keyingi faoliyatda muvaffaqiyat va omad tiladilar.

Teglar

Mavzuga oid