add

"Vaziyat murakkab": Kiyev aholisi ogohlantirilmoqda

10.10.2025 | 23:009403

Kiyev meri fuqarolarni suv va oziq-ovqat zaxira qilish, qurilmalarni quvvatlantirish va issiq kiyim tayyorlashga chaqirdi.

"Vaziyat murakkab": Kiyev aholisi ogohlantirilmoqda
Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko yaqin kunlarda rossiyaliklarning yangi hujumi kutilayotgani haqida ma’lum qildi va Ukraina poytaxti aholisini suv, oziq-ovqat zaxirasi qilishga, gadjetlarni quvvatlantirib qo‘yishga hamda issiq kiyimlarni tayyorlab qo‘yishga chaqirdi. "Vaziyat murakkab. Keling, o‘zimizni ovutmasdan, haqiqatni gapiraylik... Yaqin kunlarda yangi hujum bo‘lishi kutilmoqda. Men Kiyev aholisiga imkon qadar hushyor bo‘lib, amaliy harakat qilishlarini so‘rayman. Suv zaxirasini, dori qutisini, oziq-ovqat mahsulotlari to‘plamini tayyorlang, avtonom ta’minot qurilmalarini quvvatlantiring. Issiq kiyimlarni tayyorlab qo‘ying. Ogohlantirish signallarini e’tiborsiz qoldirmang", - deya yozdi Klichko o‘z ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida. Uning aytishicha, 10 oktyabr kuni Kiyev oqibatlari bo‘yicha eng og‘ir hujumlardan birini boshdan kechirgan. Erta tongdan boshlab barcha xizmatlar Rossiya hujumi oqibatlarini bartaraf etish ishlariga jalb etilgan. Energetiklar allaqachon 423 mingdan ortiq iste’molchiga elektr energiyasini qayta ulagan. Klichko, shuningdek, suv ta’minoti tizimi faoliyati tiklangani va u oddiy tartibda ishlayotganini ma’lum qildi. 10 oktyabrga o‘tar kechasi Rossiya Ukrainaga 32 ta raketa va 465 dan ortiq turli dronlar, havo va yer ustidagi raketalar bilan zarba berdi. Kiyev kuchli hujumga uchradi. Ukraina poytaxtida elektr energiyasi va suv ta’minotida uzilishlar ro‘y berdi.

Teglar

Mavzuga oid