add

Villa, lyuks avtomobillar va $500 ming aliment. Ronaldu va Jorjina nikoh shartnomasi tuzdi

28.08.2025 | 19:4013602

Nikoh shartnomasida Krishtianu Ronaldu Jorjina Rodriges bilan ajrashsa boyligining qanchasi rafiqasiga o‘tishi belgilangan.

Villa, lyuks avtomobillar va $500 ming aliment. Ronaldu va Jorjina nikoh shartnomasi tuzdi
Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges qariyb o‘n yillik munosabatdan so‘ng turmush qurishga qaror qildi. Ular nikoh shartnomasi imzolagan. Bu haqda «Sports.kz» nashri xabar berdi. Qayd etilishicha, nikoh shartnomasiga ko‘ra, agar juftlik turmush yo‘lini davom ettira olmasa, futbolchi rafiqasi Jorjinaga oyiga 114 ming dollardan ziyod nafaqa to‘lashiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, u Madridning «La Finca» tumanidan qiymati 5,6 million dollarga teng villaga egalik huquqini ham qo‘lga kiritishi mumkin. Bundan tashqari, kelishuvda farzandlar uchun oyiga 500 ming dollar aliment, yillik 2 million dollarlik qo‘shimcha bonuslar, lyuks toifadagi avtomobillar va aviaparvoz xarajatlari ham nazarda tutilgan. Agar ajralish amalga oshsa, Jorjinaga bir martalik 50 million dollar to‘lov qilinadi. Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning bugungi kunda besh nafar farzandi bor. Forbes baholashiga ko‘ra, Krishtianuning kapitali taxminan 671 million dollarni tashkil etadi.

Teglar

Mavzuga oid

Villa, lyuks avtomobillar va $500 ming aliment. Ronaldu va Jorjina nikoh shartnomasi tuzdi | Vaqt.uz