add

Vladimir Putin bir qator generallarni ishdan bo‘shatdi

03.07.2025 | 21:0014593

Rossiya prezidenti Vladimir Putin IIV, Tergov qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Adliya vazirligida yuqori lavozimlardagi qator rahbarlarni ishdan bo‘shatdi va yangi tayinlovlar amalga oshirdi.

Vladimir Putin bir qator generallarni ishdan bo‘shatdi
Rossiyada kuch tuzilmalarida yirik o‘zgarishlar kuzatildi. Vladimir Putin tomonidan imzolangan farmonga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi, Tergov qo‘mitasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Adliya vazirligi rahbariyatida qator katta lavozimlar bo‘shatildi. Boshqa manbalarga ko‘ra, ushbu o‘zgarishlar Moskva, Moskva oblasti, Tatariston, Kemerovo va Kirov oblastlaridagi yuqori lavozimdagi amaldorlarni ham qamrab oldi. O‘z vazifasidan ozod qilinganlar orasida politsiyaning o‘rinbosarlari, markaziy apparat boshliqlari va hududiy rahbarlar bor. Ayrimlar xizmat muddati tugagani yoki shaxsiy ariza asosida iste’foga chiqarilgan. Biroq ishdan bo‘shatilganlarning bir qismi ichki ishlar va tergovning eng muhim yo‘nalishlarini boshqarib kelayotgan rahbarlar edi. Shu bilan birga, prezident yangi tayinlovlar ham amalga oshirdi. Volgograd, Kurgan va Tuvada IIV rahbarlari almashtirildi. Saxalin, Respublika Oltoy va Arxangelskda Tergov qo‘mitasiga yangi rahbarlar tayinlandi. IIVning iqtisodiy xavfsizlik, migratsiya va jamoat tartibini nazorat qilish bo‘yicha yangi o‘rinbosarlari ish boshladi. Ayni paytda Rossiya prezidentining farmoni rasman e’lon qilinmagan. Ushbu ma’lumotlar mahalliy manbalar va huquqni muhofaza qilish tizimiga yaqin telegram-kanallar orqali tarqalmoqda.

Teglar

Mavzuga oid