add

«Xalq ko‘niksin»: Qrimda mobil internet urush yakuniga qadar to‘liq cheklandi

Bugun 17:552232 daqiqa

Qrimdagi Rossiya tomonidan tayinlangan hokimiyat mobil internetni urush tugaguncha o‘chirishini e’lon qildi va aholini bu holatga ko‘nikishga chaqirdi.

«Xalq ko‘niksin»: Qrimda mobil internet urush yakuniga qadar to‘liq cheklandi

Qrimda Rossiya tomonidan tayinlangan rahbar Sergey Aksyonov mobil internet cheklovlari urush yakunlanguncha amal qilishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, mazkur qaror xavfsizlik nuqtayi nazaridan qabul qilingan va boshqa muqobil yo‘l bo‘lmagan. Aksyonov aholini vaziyatni boricha qabul qilishga va «boshqacha ish rejimi»ga o‘tishga chaqirdi.

Uning ta’kidlashicha, internet ham ijobiy, ham salbiy maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin. Ammo aynan qanday xavflar oldi olinayotgani batafsil tushuntirilmadi. Avvalroq Qrimdagi mobil operatorlar WhatsApp va Telegram messenjerlari ishi cheklanganini ma’lum qilgan edi. Bu qaror federal tuzilmalar bilan kelishilgan holda qabul qilingani aytildi.

Qrim mobil internet de-fakto urush oxirigacha o‘chirib qo‘yilgan Rossiya hududlaridan ikkinchisiga aylandi. Bundan avval Ulyanovsk oblastida ham shunga o‘xshash qaror qabul qilingan edi. U yerda bu holat strategik ob’ektlar atrofida «xavfsizlik hududi» kengaytirilgani bilan izohlangan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham mobil internetni o‘chirish xavfsizlik chorasi ekanini ta’kidlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorijiy internet servislari dronlar orqali zarbalarni muvofiqlashtirishda yordam bermoqda. Biroq bu mexanizm qanday ishlashiga aniq izoh berilmagan.

Joriy yil bahoridan beri Rossiyaning turli hududlarida mobil internet muntazam ravishda o‘chirib qo‘yilmoqda yoki sekinlashtirilmoqda. Bu holat bank xizmatlari, taksi, onlayn to‘lovlar, masofaviy ish va ta’lim jarayonlarida jiddiy muammolar keltirib chiqarmoqda. Ayrim «ruxsat etilgan» saytlar ro‘yxati tuzilganiga qaramay, cheklovlar aholining kundalik hayotiga kuchli ta’sir ko‘rsatmoqda.

Teglar

Mavzuga oid