
Xalqaro e’tirof — Moody’s reytinglari ASIA ALLIANCE BANK reytingini B1 darajasiga ko‘tardi
«Moody’s» xalqaro reyting agentligi ASIA ALLIANCE BANKning milliy va xorijiy valyutadagi reytingini «B1» darajasiga ko‘tardi va bankka «barqaror» prognozini belgiladi. Bu O‘zbekiston bank sektori va bank mijozlari uchun muhim voqeadir.

Moody’sning ushbu qarori bankning barqaror rivojlanishi, xatarlarni samarali boshqarishi va yuqori ishonchliligini aks ettiradi.
ASIA ALLIANCE BANK mijozlari uchun bu mablag‘lar xavfsizligi, operatsiyalar barqarorligi va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatiga bo‘lgan ishonchni yanada oshiradi.
Shuningdek, yangi reyting zamonaviy bank mahsulotlari va xizmatlarini kengaytirish, mijozlarga ilg‘or raqamli va innovatsion yechimlarni taklif qilish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Reklama





