add

Xatolik sabab ikki dona qalampirning narxi 2 mlrd so‘mga aylandi

Bugun 11:5510591

Navoiy viloyatida noodatiy holat qayd etildi — sotuvchi xatosi tufayli ikki dona qalampir uchun 2 mlrd so‘mlik chek urilgan. Oqibatda tadbirkorga katta miqdorda soliq qarzdorligi kelib chiqqan.

Xatolik sabab ikki dona qalampirning narxi 2 mlrd so‘mga aylandi

Navoiyda sotuvchining xatosi tufayli 20 ming so‘mlik qalampir kassa apparatiga 2 milliard qilib kiritilgan, oqibatda tadbirkorga katta miqdorda soliq qarzdorligi kelib chiqqan. Bu haqda adliya vazirligi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, «NS2020» MCHJ do‘konidagi sotuvchi qalampir uchun 20 ming so‘mlik chek urishi kerak bo‘lgan. Biroq anglashmovchilik sababli kassa apparati orqali 2 milliard so‘mlik chek rasmiylashtirilgan.

Shundan so‘ng tadbirkor soliq qarzi ortib ketganini ko‘rib, chekni bekor qilishni so‘ragan. Ammo Navoiy viloyat soliq boshqarmasi chek ma’lumotlarini tahrirlab bo‘lmasligini bildirgan.

Bu qarordan norozi bo‘lgan tadbirkor va Xatirchi tuman adliya bo‘limi Navoiy tumanlararo ma’muriy sudga shikoyat kiritgan. Sud muhokamalarida soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining harakatlari qonunga zid deb topilgan.

Natijada sud tadbirkor foydasiga qaror chiqarib, 2 milliard so‘mlik chekni haqiqiy emas, xatolik natijasi sifatida tan olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Biznes ombudsman tadbirkorlarga asossiz jarimalar qo‘llangani uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasiga qo‘yganligi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Xatolik sabab ikki dona qalampirning narxi 2 mlrd so‘mga aylandi | Vaqt.uz