add

Xitoy AQSHni ogohlantirdi

10.09.2025 | 20:0036393

«Xitoy doimo o‘z taraqqiyotiga e’tibor qaratib, qonuniy huquq va manfaatlarini qat’iy himoya qilib kelgan», - deya ta’kidladi mamlakat Mudofaa vaziri.

Xitoy AQSHni ogohlantirdi
Xitoy AQSHni o‘zining ichki ishlariga aralashishdan va XXR rivojlanishini to‘xtatishga urinishdan ogohlantirdi. Bu haqda XXR Mudofaa vaziri Dun Szyun amerikalik hamkasbi Pit Xegset bilan videokonferensiya shaklida o‘tkazilgan suhbatda ma’lum qildi. (https://tass.ru/mezhdunarodnaya-panorama/25016685) «Xitoy doimo o‘z taraqqiyotiga e’tibor qaratib, qonuniy huquq va manfaatlarini qat’iy himoya qilib kelgan. Xitoyni tiyib turish va uning ishlariga aralashish mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harakat», - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirdi Xitoy markaziy televideniyasi. Shuningdek, Dun Szyun Tayvanning mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan har qanday fitna va aralashuvga hamda Tayvan orqali Xitoyni nazorat qilishga urinishlarga qat’iy chek qo‘yilishini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, Qo‘shma Shtatlar Tayvan bilan diplomatik aloqalarni 1979 yilda uzib, Xitoy Xalq Respublikasi bilan munosabatlarni yo‘lga qo‘ygan. Biroq, Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda. Shuningdek, AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchi manbai hisoblanadi. Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Amerikaning orolga bir necha yil davomida yetkazib bergan harbiy yuklarining umumiy miqdori 70 milliard dollardan oshgan.

Teglar

Mavzuga oid