add

Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi

20.07.2025 | 14:0024153

Loyiha qiymati 1,2 trln yuanni tashkil etib, u «Uch dara» GESidan ham yirik bo‘lishi mumkin

Xitoy dunyodagi eng yirik GESni qurishga kirishdi
Xitoy rasman Tibet avtonom hududining janubi-g‘arbidagi Yarlung-Sangpo daryosining quyi oqimida yangi yirik gidroyenergetika loyihasi qurilishini boshladi. Bu haqda XXR Davlat kengashi rasmiy saytida ma’lum qilindi. Loyihaga 1,2 trillion yuan, ya’ni taxminan 167,2 milliard dollar miqdorida sarmoya kiritilishi belgilangan. Powyer China qurilish kompaniyasi hisob-kitoblariga ko‘ra, stansiya yiliga 300 milliard kilovatt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Loyihani amalga oshirish hamda keyinchalik inshootdan foydalanish bo‘yicha mas’uliyat «China Yajiang Group» kompaniyasi zimmasiga yuklatilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, stansiya qurib bitkazilgandan so‘ng, dunyodagi eng yirik GES – Xubey viloyatidagi Yanszi daryosida joylashgan “Sansya” (Uch dara) GESidan ham ko‘lami bo‘yicha oshib ketishi mumkin. “Sansya” GESining loyiha quvvati 22,4 million kilovattni tashkil etadi. Mazkur stansiya 2008 yilda faoliyatga tushirilgan. Qayd etish kerakki, joriy yil yanvar oyida Xitoy Xebey viloyatining Chende shahrida Fennin nomli gidroakkumulyasiyalovchi elektr stansiyasini ham ishga tushirgan edi. Yangi loyiha esa mamlakatning qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish strategiyasida muhim bosqich bo‘lishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid