
Xitoy O‘zbekistonda 500 mln dollarlik investitsiya fondi tashkil etmoqchi
29.07.2025 | 20:4045202
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda sanoat, geologiya va ekologiya sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida yarim milliard dollarlik investitsiya fondi tashkil etishni taklif qildi.

O‘zbekiston Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari Otabekjon Nasritdinxo‘jayev Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
Muzokaralar chog‘ida Xitoy kompaniyalari O‘zbekistondagi qo‘shma loyihalarni moliyalashtirish uchun 500 million dollarlik investitsiya fondini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.
Ushbu fond doirasida nafaqat moliyalashtirish, balki birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib borish, ekologik standartlarni muvofiqlashtirish, ekspertlar guruhlarini shakllantirish ham ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasida kadrlar tayyorlash va «yashil moliyalashtirish» tizimini joriy etish ham rejaga kiritilgan.
O‘zbekiston tomoni ushbu tashabbuslarni qo‘llab-quvvatladi.





