add

Xitoy rasmiylari Putinning iqtisodiy forumini e’tiborsiz qoldirdi

06.09.2025 | 10:3029234

Xitoy hukumati va iqtisodiy idoralarining yuqori martabali rasmiylari Putinning Vladivostokdagi iqtisodiy forumida ishtirok etmasdan, tadbirni yetarlicha tan olmadi.

Xitoy rasmiylari Putinning iqtisodiy forumini e’tiborsiz qoldirdi
3 sentyabr kuni Vladivostokda boshlangan Sharqiy iqtisodiy forumi Rossiya va Osiyo–Tinch okeani mintaqasi davlatlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan, «nufuzli maydon» sifatida e’lon qilingan edi. Ammo forumga Rossiyaning asosiy savdo hamkori — Xitoydan hech qanday yuqori darajali hukumat yoki iqtisodiy idoralar vakillari kelmadi. Xitoy hukumati, Moliya va Savdo vazirliklari, Markaziy banki va Tashqi ishlar vazirligi forumida ishtirok etmadi. Forumdagi eng yuqori martabali xitoylik mehmon — Butunxitoy xalq vakillari yig‘ini doimiy qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Li Hunjung bo‘ldi. U forumda Vladimir Putin bilan birgalikda panel muhokamada ishtirok etdi. Lekin uning delegatsiyasida ham «o‘rinbosar» darajasidan yuqori biror shaxs bo‘lmagan. Xitoydan tashrif buyurganlar orasida asosan parlament vakillari — bosh kotib o‘rinbosarlari, moliya va tashqi aloqalar qo‘mitalari mutasaddilari, tahlil boshqarmalari mutaxassislari bo‘ldi. Vaholanki, avvalgi forumlarda Si Jinping, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindiston yetakchilari ham shaxsan ishtirok etgan. Bu gal esa faqat Mo‘g‘uliston va Laos bosh vazir darajasida delegatsiya yubordi, Hindistondan esa faqat Moskvadagi elchixona o‘rinbosari muovini qatnashdi. Forumning rasmiy saytida ko‘rsatilishicha, Xitoyning yirik korporatsiyalari rahbarlari ishtirok etmagan. Ularning o‘rnida Rossiya–Xitoy munosabatlari bo‘yicha muhokamalarni Fuyuan shahri hokimi va Heylunjian viloyati vitse-gubernatori olib borgan. Peterson xalqaro iqtisodiy instituti iqtisodchisi Elina Ribakovaning ta’kidlashicha, Xitoy uchun Rossiyaning ahamiyati cheklangan. Moskva Pekinning eng yirik savdo hamkori bo‘lsa-da, Rossiya Xitoy eksportida juda kichik ulushga ega. Uning fikricha, Rossiya Xitoyga iqtisodiy jihatdan bog‘lanib, «vassal»ga aylangan. Ammo Putin ko‘p qutbli dunyo g‘oyasi yo‘lida bu iqtisodiy iztirobni qabul qilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy rasmiylari Putinning iqtisodiy forumini e’tiborsiz qoldirdi | Vaqt.uz