add

Xitoy Rossiyaning Ukrainada mag‘lub bo‘lishini istamasligini bildirdi

04.07.2025 | 12:008283

Xitoy tashqi ishlar vaziri Vang Yi Yevropa Ittifoqi tashqi siyosat rahbari Kaya Kallas bilan uchrashuvda Pekin Rossiyaning Ukrainada mag‘lub bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, deb hisoblashini bildirdi.

Xitoy Rossiyaning Ukrainada mag‘lub bo‘lishini istamasligini bildirdi
Bu haqda South China Morning Post o‘z manbalarga tayanib xabar berdi. Nashr manbalariga ko‘ra, Vang Yi bunday pozitsiyani AQSHning e’tibori Ukrainadan keyin to‘liq Osiyo mintaqasiga qaratilishidan Xitoy xavotirda ekani bilan izohlagan. Vazirning ochiqcha bayonotlari Yevropa amaldorlarini ajablantirgani qayd etilmoqda. Shu bilan birga, Vang Yi Xitoyning Rossiyaga harbiy yoki moliyaviy yordam ko‘rsatayotgani haqidagi ayblovlarni rad etdi. «Agar Pekin bunday yordam ko‘rsatganida, u holda mojaro allaqachon tugagan bo‘lar edi», dedi u. Vazir, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 18-paketidan Xitoy banklarini ham o‘rin olgani uchun Pekin javob choralari ko‘rishini bildirgan. Ma’lum qilinishicha, Vang Yining bu gaplari YeI–Xitoy sammiti arafasida yangragan va Xitoyning «diplomatik nazokati» natijasiga umid qilgan Yevropa tomonida kutilmagan holat bo‘lgan. Vang Yi Bryusselga sammit dasturini qisqartirish ehtimoli borligini ham bildiradigan ishoralar qilgan. YeI diplomatik xizmati e’lon qilgan bayonotda Kallas Xitoy kompaniyalarining Rossiya bilan hamkorligini tahdid sifatida baholagan va Pekinni Rossiya harbiy-sanoat kompleksiga har qanday moddiy yordamni to‘xtatishga chaqirgan. Xitoy TIV ma’lumotiga ko‘ra, Vang Yi mamlakatning tinchlik, inklyuzivlik va hamkorlikka sodiq ekanini qayd etgan va «Xitoy — bu AQSH emas, AQSHning rivojlanish yo‘lini Xitoyga ko‘chirib bo‘lmaydi», degan fikrni bildirgan.

Teglar

Mavzuga oid