add

Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun 500 dollar to‘laydi

28.07.2025 | 22:5027512

Aholisi so‘nggi uch yildan beri kamayib borayotgan Xitoy hukumatining ma’lum qilishicha, 3 yoshgacha bo‘lgan har bir bola uchun ota-onalarga yiliga 500 dollar to‘lab beriladi.

Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun 500 dollar to‘laydi
Xitoy hukumati mamlakatdagi demografik tanazzulni to‘xtatish maqsadida 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun subsidiyalar joriy qildi. Davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu yordam to‘g‘ridan-to‘g‘ri naqd pul ko‘rinishida ota-onalarga tarqatiladi. Yangi tartibga ko‘ra, har bir bolaga yiliga 500 dollardan to‘lab beriladi. Bu qaror mamlakat Vazirlar Mahkamasi va Xitoy Kommunistik partiyasi tomonidan qabul qilindi. Xitoy aholisi ketma-ket uch yil mobaynida kamaymoqda. 2023 yilda tug‘ilishlar soni 9,54 millionni tashkil etdi, bu 2016 yildagi ko‘rsatkichning yarmiga teng. Demografiya bo‘yicha BMT modellariga ko‘ra, Xitoy aholisi 2100 yilga kelib 800 milliongacha tushishi mumkin. Bir vaqtlar dunyoda aholisi eng ko‘p bo‘lgan davlat sifatida tanilgan Xitoy, 2023 yili ushbu mavqeni Hindistonga boy berdi. Biroq mutaxassislar bu kabi moddiy yordamlar tug‘ilish darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmasligini ta’kidlamoqda. Mamlakatda 60 yoshdan oshgan aholi soni 2024 yilda 310 millionga yetgandi.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy tug‘ilishni rag‘batlantirish maqsadida har bir bola uchun 500 dollar to‘laydi | Vaqt.uz