add

Xitoyda chivinlar orqali yuqadigan kasallik keskin ko‘paydi

04.08.2025 | 09:1636232

Xitoyning Guangdong provinsiyasida bir hafta ichida chikungunya isitmasi bilan kasallanishning 2892 ta yangi holati aniqlandi. Bu haqda Global Times xabar berdi.

Xitoyda chivinlar orqali yuqadigan kasallik keskin ko‘paydi
27 iyuldan 2 avgustgacha qayd etilgan holatlarning 2770 tasi Foshan shahrida, 65 tasi esa Guangjouda aniqlangan. Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi Foshanda virusning kengayishini to‘xtatish maqsadida sanitariya va epidemiologik choralarni kuchaytirish, chivin ko‘payadigan hududlarni yo‘q qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Chikungunya — Aedes turkumiga mansub chivinlar orqali yuqadigan o‘tkir virusli kasallik. Unga qarshi maxsus davo vositasi mavjud emas. Kasallik yuqori harorat, bo‘g‘imlarda kuchli og‘riq va terida toshmalar bilan kechadi. Ayrim hollarda u surunkali shaklga o‘tishi yoki og‘ir asoratlarga olib kelishi mumkin. Muttaxassislar aholidan chivinlarga qarshi dori va maxsus vositalardan foydalanish; eshik va oyna oldiga chivinga qarshi panjara o‘rnatish; ochiq havoda yengil, uzun kiyim kiyish; suv to‘planadigan joylar va chiqindilarni muntazam tozalashni so‘ramoqda.

Teglar

Mavzuga oid