add

Xitoyda vazn tashlagan xodimlarga pul mukofoti beriladi

15.08.2025 | 13:0019433

Kamera ishlab chiqaruvchi Insta360 kompaniyasi vazni kamaygan xodimlarini moddiy rag‘batlantirish dasturini yo‘lga qo‘ydi.

Xitoyda vazn tashlagan xodimlarga pul mukofoti beriladi
Shanghai City News Service yozishicha, «Oz va pul top» chellenji doirasida har bir tashlangan 500 gramm vazn uchun 500 yuan (taxminan 70 dollar) to‘lanadi. Qoidaga ko‘ra, vazni ortgan xodimlar esa kompaniyaga to‘lov qiladi — har bir 500 gramm uchun 800 yuan (112 dollar). Loyihaga 99 nafar xodim qatnashib, jami 950 kilogramm vazn tashladi va umumiy 1 million yuan (139 ming dollar) mukofot oldi. Biror ishtirokchi jarimaga tortilmadi. Kompaniya bundan ko‘zlangan maqsad sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish va ish muhitida ijobiy kayfiyat yaratish ekanini ta’kidlagan. Bundan oldin Guandundagi Wonderlab kompaniyasi bir oylik vazn yo‘qotish tanlovini o‘tkazgan. Unda 224 xodim jami 750 kilogramm vazn tashlab, 171 ming yuan (23,8 ming dollar) mukofot olgan. Eng katta natija esa 16,4 kilogramm ozgan ishtirokchiga tegishli bo‘lib, u 7600 yuan (1059 dollar) ishlab topgan. Bu kabi dasturlar Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasining semirishga qarshi uch yillik rejasiga mos keladi. Tadqiqotlarga ko‘ra, 2023 yilda mamlakatda kattalarning 57 foizida ortiqcha vazn yoki semizlik kuzatilgan. Agar choralar ko‘rilmasa, 2030 yilga kelib bu ko‘rsatkich 65 foizga yetshi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyda vazn tashlagan xodimlarga pul mukofoti beriladi | Vaqt.uz