
Xitoyda yashil energetika o‘sishi Rossiya eksporti uchun xavf tug‘dirmoqda
06.07.2025 | 15:001943
Xitoyda qayta tiklanuvchi energiya manbalariga investitsiyalar keskin oshmoqda. Bu Rossiya uchun ugol va gaz eksportida jiddiy xavflarni yuzaga keltirmoqda. Mutassaddilarga ko‘ra, Xitoyda bunday ulkan salohiyatning o‘sishi Rossiyaning energetika bozoridagi ulushiga bosim o‘tkazishi mumkin.

Xitoy qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojiga katta sarmoya kiritgan dunyodagi eng yirik investor sifatida mustahkam o‘rin egalladi. Xalqaro energetika agentligi (IEA) ma’lumotiga ko‘ra, Xitoyda bu sohadagi investitsiyalar 2021 yildagi 166 mlrd dollardan 2024 yilga kelib 345 mlrd dollargacha oshgan. Jahondagi umumiy kapital qo‘yilmalarida Xitoyning ulushi 36 foizdan 45 foizgacha ko‘tarilgan.
So‘nggi yillarda bunga asosiy turtki bergan sohalardan biri quyosh energetikasi bo‘ldi. 2021 yildan 2024 yilgacha Xitoyda quyosh panellari ishlab chiqarish va o‘rnatishga investitsiyalar uch baravardan ko‘proq oshib, 66 mlrd dollardan 219 mlrd dollarga yetdi. Shuningdek, shamol elektr stansiyalari qurilishiga sarflangan mablag‘lar ham 60 foizdan ortiq o‘sib, 2024 yilda 107 mlrd dollarni tashkil etdi.
Bunday ulkan sur’atdagi o‘sish Rossiya uchun eksport xavflarini yuzaga keltirmoqda. Xususan, Xitoyda kumir elektr stansiyalari ulushi keskin kamaymoqda va bu Rossiyaning an’anaviy yoqilg‘i eksportiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Mutassaddilar fikricha, kelgusida Xitoyning tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ham pasayishi ehtimoli bor.
Rossiya energetika bozori uchun Xitoy asosiy hamkor bo‘lib qolmoqda, ammo qayta tiklanuvchi energiya manbalari borasidagi bunday keng ko‘lamli o‘zgarishlar Rossiya eksport salohiyatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.





