add

Xitoydan xarid, Rossiyadan uzilish? O‘zbekiston 24 ta qiruvchi samolyot olmoqda

14.07.2025 | 22:4040302

Bu harbiy modernizatsiyaning maqsadi Rossiyaga harbiy jihozlar bo‘yicha bog‘liqlikni kamaytirish hamda havo kuchlarining texnologik darajasini oshirishdir.

Xitoydan xarid, Rossiyadan uzilish? O‘zbekiston 24 ta qiruvchi samolyot olmoqda
O‘zbekiston harbiy havo kuchlarini modernizatsiya qilishni boshladi. Toshkent Xitoydan 24 ta ko‘p vazifali J-10C jangovor samolyotlarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Military Watch Magazine nashri xabar berdi. Ushbu shartnoma Xitoy harbiy aviatexnikasining Markaziy Osiyoga birinchi yirik yetkazib berish holati bo‘ladi. Bu xarid mintaqaviy harbiy muvozanatda jiddiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, O‘zbekiston JF-17 Block III yengil istrebiteli hamda 5-avlodga mansub J-35A samolyotlarini xarid qilish imkoniyatini ham muhokama qilmoqda. Agar J-35A uchun shartnoma tasdiqlansa, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda bu turdagi zamonaviy texnikani olgan ilk davlatga aylanadi. Ushbu samolyotlarning ommaviy ishlab chiqarilishi 2027 yildan boshlanishi rejalashtirilgan. Bu harbiy modernizatsiyaning maqsadi – eskirgan MiG-29 va Su-27 samolyotlarini almashtirish, Rossiyaga harbiy jihozlar bo‘yicha bog‘liqlikni kamaytirish hamda havo kuchlarining texnologik darajasini oshirishdir.

Teglar

Mavzuga oid