add

Xitoyning BYD shirkati Parijdan ham kattaroq avtozavod qurmoqda

Bugun 08:584181

Xenan provinsiyasidagi mega loyiha yiliga 1 million elektromobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.

Xitoyning BYD shirkati Parijdan ham kattaroq avtozavod qurmoqda

BYD Xitoyning Xenan provinsiyasida dunyodagi eng katta avtomobilsozlik shaharchasini barpo etmoqda. 130 kvadrat kilometr maydonni egallaydigan zavod Parijdan 20 foiz katta, San-Fransisko bilan teng. Qurilishda 60 ming ishchi band.

Kompaniya bu miqyosdagi loyihani daromadlari hisobiga amalga oshirmoqda. 2024 yilda BYDning daromadi 107 mlrd dollar, sof foydasi esa 5,44 mlrd dollarga yetgan. Zavod qurilishi 8 bosqichda olib borilmoqda. U to‘liq ishga tushganda 200 mingdan ziyod xodim faoliyat yuritadi.

BYD loyihasi Teslaning Nevadadagi «gigafabrika»sidan ancha katta: Tesla ob’ekti bor-yo‘g‘i 12,7 km kv., BYDniki esa 130 km kv. Kompaniya eksport ulushini ham kengaytirmoqda — o‘tgan yili BYD avtomobillarining 25 foizi xorijga jo‘natilgan. Buni samarali amalga oshirish uchun BYD o‘zining yuk tashuvchi avtokemalar flotini shakllantirgan.

Mega-zavodda ishlab chiqarish sexlaridan tashqari, ishchilar uchun turar joylar va dam olish hududlari ham bo‘ladi. Zavodni 2026 yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Avvalroq BYD kompaniyasi 11 ming dollar turadigan gibrid sedani — umumiy yurish masofasi 2000 kmʼga yetadi va benzin sarfi 100 kmʼga atigi 3,08 litrni tashkil etadigan Seal 05 DM-i 2026 modelini namoyish qilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyning BYD shirkati Parijdan ham kattaroq avtozavod qurmoqda | Vaqt.uz