add

Xitoyning CITIC kompaniyasi Pung‘on—Namangan yo‘lini 246 mln dollarga qayta qurmoqda

20.09.2025 | 19:0013813

Xitoyning CITIC Construction kompaniyasi Farg‘ona vodiysidagi eng og‘ir yo‘l uchastkalardan biri — Pung‘on—Namangan yo‘lini 246 million dollarga rekonstruksiya qilmoqda.

Xitoyning CITIC kompaniyasi Pung‘on—Namangan yo‘lini 246 mln dollarga qayta qurmoqda
Ushbu 75 kmlik uchastka ikki polosadan iborat bo‘lib, doimiy tirbandlik va ko‘plab avariyalarga sabab bo‘layotgani aytilmoqda. Yo‘l 15 ming avtotransport o‘tadigan muhim yo‘nalish — Namangan va Toshkentni bog‘lovchi qism hisoblanadi. Loyiha doirasida yo‘l to‘rt polosaga kengaytirilib, beton qoplama bilan ta’minlanadi. Shuningdek, 34 ta ko‘prik va 22 ta piyodalar o‘tish yo‘lagi qurilishi rejalashtirilgan. Bu haqda transport vaziri Ilhom Mahkamov Oʻzbekiston 24 telekanaliga intervyusida ma’lum qildi. Rekonstruksiya F+EPC (moliyalash, loyihalash, xarid va qurilish) tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Namangan hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, loyiha yo‘lning o‘tkazuvchanligini 4 barobar oshiradi, xavfsizlikni ta’minlaydi va turizm hamda biznes rivojiga xizmat qiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ham 16 sentyabrdagi yig‘ilishda bu yo‘lni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha alohida topshiriq bergan. CITIC Construction — Xitoyning yirik injiniring va qurilish kompaniyasi bo‘lib, dunyo bo‘ylab infratuzilma loyihalarini amalga oshiradi. Uning portfelida Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasidagi yirik investitsiya loyihalari bor.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoyning CITIC kompaniyasi Pung‘on—Namangan yo‘lini 246 mln dollarga qayta qurmoqda | Vaqt.uz