add

Xitoyning yangi ta’lim siyosati: Hukumat talabalarni sun’iy intellektga o‘rgatmoqda

30.07.2025 | 08:0043183

Xitoyda sun’iy intellekt faqatgina texnologiya emas — u endi ta’limdagi yangi me’yor. Mamlakat universitetlari talabalarni SI bilan ishlashga majbur qilmoqda. Endi har bir bakalavr SI bo‘yicha bilimli bo‘lishi shart.

Xitoyning yangi ta’lim siyosati: Hukumat talabalarni sun’iy intellektga o‘rgatmoqda
Xitoydagi yirik universitetlar ta’lim jarayonida sun’iy intellekt (CI) texnologiyalaridan ommaviy foydalanishni boshladi. Mycos Institute tashkiloti o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, Xitoydagi talabalar va o‘qituvchilarning faqat 1 foizi SI vositalaridan hech qachon foydalanmaganini aytgan. Qolganlar esa haftaning turli kunlarida doimiy ravishda undan foydalanishini bildirgan. G‘arb davlatlaridagi universitetlar haligacha akademik shaffoflikka xavf tug‘dirishi mumkin degan fikr bilan SIni shubha bilan qabul qilayotgan bir paytda, Xitoyda bu texnologiya muhim raqobatbardosh ko‘nikma sifatida qaralmoqda. Oxirgi bir yil ichida ko‘plab yetakchi universitetlar SI bo‘yicha umumiy kurslar, fanlararo dasturlar va raqamli savodxonlik modullarini joriy etdi. Jumladan, Chjetszyan universitetida sun’iy intellekt bo‘yicha kurs barcha bakalavr talabalar uchun majburiy fan sifatida joriy etilmoqda. Xitoy Ta’lim vazirligi 2025 yil aprelda «CI+» ta’lim modeli bo‘yicha tavsiyalarni e’lon qildi. Unda boshlang‘ich maktabdan boshlab, oliy ta’limgacha bo‘lgan bosqichlarda tanqidiy fikrlash va SI bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish tavsiya etilgan. Pekin shahar ta’lim boshqarmasi esa allaqachon SI o‘qitishni majburiy etib belgilagan. Universitetlar o‘z serverlarida DeepSeek kabi mahalliy modellarni ishga tushirmoqda.

Teglar

Mavzuga oid