add

Xizmat ko‘rsatish sohasi eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

12.09.2025 | 17:0029173

Joriy yilning yetti oyida xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalar davlat byudjetiga 23 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi.

Xizmat ko‘rsatish sohasi eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi

2025 yil yanvar-iyul oylarida xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yuritayotgan 161 mingdan ziyod yuridik shaxs jami 23,1 trln so‘mdan ortiq soliq to‘ladi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, soliqlarning 17,6 foizi, ya’ni 4 trln so‘mdan ko‘prog‘i bor-yo‘g‘i 20 ta yirik korxona hissasiga to‘g‘ri keldi. Ushbu kompaniyalarning umumiy tovar aylanmasi 50,2 trln so‘mni tashkil etib, ular foydalangan soliq imtiyozlari esa 4,3 trln so‘mga teng bo‘ldi.

Eng ko‘p soliq to‘lagan kompaniyalar:

Soliq xizmat2

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu yirik soliq to‘lovchilar tomonidan turli soliq turlari bo‘yicha ham salmoqli to‘lovlar amalga oshirilgan. Jumladan, foyda solig‘i 1,2 trln so‘m, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) 1,1 trln so‘m, ijtimoiy soliq 587,5 mlrd so‘m, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (JSHODS) 574,9 mlrd so‘m miqdorida to‘langan.

Shuningdek, mol-mulk solig‘i 212,8 mlrd so‘m, aksiz solig‘i 111,6 mlrd so‘m va yer solig‘i 75,7 mlrd so‘mni tashkil etgan. Boshqa turdagi soliqlardan tushumlar esa 204,4 mlrd so‘mga yetgani qayd etildi.

Teglar

Mavzuga oid

Xizmat ko‘rsatish sohasi eng ko‘p soliq to‘lagan korxonalar ma’lum qilindi | Vaqt.uz