add

«Xohlaymiz, lekin qodir emasmiz»: Yevropa va Markaziy Osiyoda tug‘ilish keskin kamaymoqda

15.07.2025 | 22:4536794

bugungi kunda Yevropa va Markaziy Osiyoning ko‘plab mamlakatlarida tug‘ilish darajasining keskin pasayishi, aholining qarishi va yoshlarning ko‘chib ketishi kuzatilmoqda.

«Xohlaymiz, lekin qodir emasmiz»: Yevropa va Markaziy Osiyoda tug‘ilish keskin kamaymoqda
Bu holatga javoban tug‘ilishni oshirish va demografik rag‘batlar berish haqida chaqiriqlar yangramoqda. Biroq, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasi (UNFPA)ning 2025 yildagi «Dunyo aholisi» hisobotida ta’kidlanishicha, demografik statistika ortida boshqa, yanada chuqurroq inqiroz yashiringan. Bu — insonlarning o‘z ixtiyoriga ko‘ra oila qurish va farzandli bo‘lish imkoniyati cheklanayotgani, ya’ni haqiqiy ma’nodagi farzand ko‘rish erkinligi inqirozi bilan bog‘liq muammodir. UNFPA ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab millionlab insonlar xohlagancha farzand ko‘rish imkoniyatiga ega emas yoki, aksincha, rejalashtirilmagan homiladorlik holatlari bilan to‘qnash kelmoqda. UNFPA xalqaro tadqiqot kompaniyasi YouGov bilan hamkorlikda Vengriya va Germaniyani ham o‘z ichiga olgan 14 ta davlatda 14 mingdan ortiq inson o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazdi. Tadqiqot natijalari shundan dalolat beradiki, insonlarning xohishlari bilan amaldagi natijalar o‘rtasida jiddiy farq mavjud: so‘rovda qatnashganlarning taxminan uchdan bir qismi (32 foiz) rejalashtirilmagan homiladorlikka duch kelgan, deyarli to‘rtdan bir qismi (23 foiz) esa o‘zlari xohlagan vaqtda farzand ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmaganini ta’kidlagan. Shu bilan birga, 50 yoshdan oshgan kattalarning 31 foizi o‘zlari istagan miqdordan kamroq farzand ko‘rganligini ma’lum qilgan. Farzand ko‘rishda eng keng tarqalgan to‘siq sifatida moliyaviy cheklovlar ko‘rsatilgan — so‘rovda qatnashganlarning 39 foizi aynan shu omilni ta’kidlagan. Boshqa muhim sabablar qatorida esa munosib turar joyning yo‘qligi (19 foiz), ish o‘rnining barqaror emasligi (21 foiz) va kelajakdan qo‘rqish — jumladan, urushlar, pandemiyalar va ekologik ofatlardan xavotir (19 foiz) kabi omillar qayd etilgan.

Teglar

Mavzuga oid