add

Xususiy banklar yetakchi: O‘zbekistonda bank ilovalari reytingi e’lon qilindi

Bugun 15:552 daqiqa

Kuchli beshlikdagi ilovalarning faqat bittasi davlat bankiga tegishli. Ilovalarning Android versiyasi iOs'ga qaraganda yaxshiroq baholangan.

Xususiy banklar yetakchi: O‘zbekistonda bank ilovalari reytingi e’lon qilindi

SNS Ratings agentligi O‘zbekiston banklarining mobil ilovalari reytingini taqdim qildi. Ilovalar tahlili 3 ta tilda berilgan va 100 ballik tizimda baholangan. 

Dekabr oyida bank ilovalarining o‘rtacha balli 80,2 ballni tashkil qildi. Bu 2025 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi. 

Reytingda 35 ta bankdan 30 tasi qatnashgan. Ularning bahosi 11 ta shkalaga bo‘lingan. Ideal tavsifga faqat 3 ta bank loyiq deb topilgan — “TBC Bank”, “Anorbank” va “Ipak yo‘li” banki.

Ball

Tavsif

94-100

Ideal

88-94

Namunali

82-88

Deyarli namunali

76-82

Juda yaxshi

70-76

Yaxshiroq

64-70

Yaxshi

58-64

Deyarli yaxshi

52-58

Qoniqarli

46-52

Deyarli qoniqarli

0-46

Qoniqarsiz

To‘rtinchi o‘rindan “Uzumbank”, beshinchi o‘rindan “Aloqabank” joy oldi. Yuqori beshlikda faqat bitta davlat banki bor va bu aynan “Aloqabank”ning “Zoomrad” ilovasi. 

Banklarning Android ilovalari iOs ilovalariga qaraganda yaxshiroq baholangan. Faollik bo‘yicha ko‘rsatkichlar esa deyarli barcha banklarda yaxshi shakllangan. 

TOP 10 ro‘yxat quyidagicha:

photo_2026-01-16_15-48-27

SNS Ratings yaqinda banklarning ijtimoiy tarmoqdagi faolligi bo‘yicha ham ma’lumot bergandi. U yerda ham eng faol bank “TBC Bank” bo‘lgandi. 

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, banklarning barcha ijtimoiy tarmoqlardagi obunachilari soni 2 mln 826 mingtadan oshiq. Instagram eng faol tarmoq bo‘lib turibdi. 

Telegram’da eng ko‘p obunachiga ega bank “Uzum bank” bo‘lib turibdi. Bankni bu yerda 140 mingdan oshiq obunachi kuzatadi. “Xalq banki” va “Agrobank” kuchli uchlikdan joy oldi. 

Reyting bahosi — bu agentlikning fikri bo‘lib, tasdiqlangan fakt sifatida qabul qilinmasligi tavsiya qilinadi.


Teglar

Mavzuga oid