add

Yana bir o‘zbek iste’dodi Yevropa klubi bilan shartnoma imzoladi

16.07.2025 | 21:5042402

O‘zbekistonlik yosh hujumchi Asadbek Beglarxanov Yevropada faoliyatini davom ettiradi.

Yana bir o‘zbek iste’dodi Yevropa klubi bilan shartnoma imzoladi
O‘zbekistonning 21 yoshli futbolchisi Asadbek Beglarxanov Yevropa klubi bilan shartnoma imzoladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, yosh hujumchi Ruminiyaning «Bixor» jamoasiga erkin agent sifatida o‘tgan. U klub bilan bir yarim yillik shartnoma imzolagan. Ungacha u Toshkentning «Lokomotiv» jamoasi yoshlar tarkibida to‘p surgan. Asadbek Beglarxanov 2004 yil 1 aprelda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U hujumkor yarim himoyachi hisoblanadi. Shuni ta’kidlash joizki, Beglarxonov hali kattalar darajasida o‘z mahoratini namoyish etishga ulgurmagan. «Bixor» esa o‘z navbatida Ruminiya ikkinchi ligasida ishtirok etadi.

Teglar

Mavzuga oid