add

Yandex Go orqali faoliyat yuritganlar 530 mln dollar daromad qilgan

04.07.2025 | 13:4011994

2024 yilda Yandex Go orqali faoliyat yuritgan haydovchi va kurerlar 530 mln dollar daromad qildi. 2025 yilda bu ko‘rsatkich ancha oshishi kutilmoqda, chunki yarim yildayoq 340 mln dollarga yetgan.

Yandex Go orqali faoliyat yuritganlar 530 mln dollar daromad qilgan
2024 yil yakunida Yandex Go orqali o‘zini o‘zi band qilgan haydovchi, kurer va sherik avtoparklarining umumiy daromadi 530 mln dollarni tashkil qildi. 2025 yilda bu summa sezilarli darajada oshishi kutilmoqda, chunki yilning birinchi yarmidayoq 340 mln dollarlik daromad qayd etildi. Bu haqda Yandex Uzbekistan bosh direktori Izzat Shukurov xabar bergaizzat shukurov Bu ko‘rsatkich Yandex Go xizmatining umumiy tushumi emas, balki agregator komissiyasi hisobidan tozalangan holda, faqatgina ijrochilarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri daromadi hisoblanadi. Ushbu daromad asosan «Taksi», «Dostavka», «Yeda» va «Lavka» xizmatlari orqali olingan. 2025 yilning o‘rtasiga kelib, bu platformada faoliyat yuritayotgan ijrochilar soni 230 ming kishiga yetdi. Ulardan 179 ming nafari haydovchilar va 49 ming nafari kurerlardir. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, to‘liq ish vaqtida faoliyat yurituvchi ijrochilar soni ortib bormoqda. Bu o‘zgarishlar O‘zbekistonda P2P logistika va platformali bandlik bozori tez sur’atlarda rivojlanayotganini ko‘rsatmoqda. Endilikda ko‘pchilik uchun Yandex Go asosiy ish o‘rniga aylanmoqda. Bir yil ichida 50 foizlik o‘sish shunday xizmatlarga barqaror talab borligini tasdiqlamoqda. Yangi tendensiya sifatida servis orqali o‘zini o‘zi band qilganlar uchun shart-sharoitlar yaxshilanmoqda. Joriy yil boshida kurerlar uchun sug‘urta tizimi joriy qilingan bo‘lsa, yaqinda soliqlarni avtomatik hisoblash mexanizmi ishga tushirildi. Bu orqali servis yillik daromadi 100 mln so‘mdan oshgan ijrochilarning soliqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri hisoblab, davlatga o‘tkazib beradi. Agar Yandex Go hozirgi o‘sish sur’atini saqlab qolsa, 2026 yil yakunida ijrochilarning umumiy daromadi 1 mlrd dollardan oshishi mumkin. Bu ko‘rsatkich O‘zbekistonda ayrim butun sohalarning aylanmasiga teng bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid