add

«YandexGo» reklamasidagi insofsiz raqobat uchun chora ko‘rildi

06.08.2025 | 10:3020023

Raqobat qo‘mitasi «Uzum Market» MCHJ XK murojaati asosida «YandexGo UB» MCHJning televideniye va ijtimoiy tarmoqlardagi «Yandex Market» reklamasida insofsiz raqobat alomatlarini aniqlagan.

«YandexGo» reklamasidagi insofsiz raqobat uchun chora ko‘rildi
Raqobatni muhofaza qilish qo‘mitasi «Uzum Market» MCHJ XK murojaati buyicha «YandexGo UB» MCHJga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atgan edi. Qo‘mita tekshiruvlariga ko‘ra, reklamadagi aktrisaning binafsha rangli ko‘ylagi, dastlabki kadrlar va uzum ramzi «Uzum Market» videolariga o‘xshashligi, shuningdek, bosh qahramonning «A, bu marketmi?!» degan savoli orqali tomoshabinda «Uzum Market» haqida taassurot uyg‘otilishi qayd etilgan. Shundan so‘ng, aktrisaning «yo‘q, bu boshqa market» degan javobi orqali «Yandex Market» ustunligiga ishora qilingani ma’lum bo‘lgan. Qo‘mita bu holatni «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonunning 21-moddasida nazarda tutilgan noto‘g‘ri taqqoslash sifatida baholadi. Biroq «Uzum Market» raqobatni cheklash oqibatida moddiy zarar yetkazilgani haqida aniq dalillar taqdim etmagani uchun holat iqtisodiy jihatdan past ta’sirli deb topildi va moliyaviy jarima qo‘llanmadi. Shu bilan birga, «YandexGo UB»ga qonunbuzilish holatini bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi: reklama roligini ommaviy axborot vositalaridan bir oy ichida olib tashlash va bu haqda 14 avgustga qadar Qo‘mitaga hujjat taqdim etish. Maxsus komissiya qaroriga norozi bo‘lgan tomon Qo‘mita Apellyatsiya kengashiga yoki sudga murojaat qilishi mumkin.  

Teglar

Mavzuga oid