add

Yangi AirPods Pro 3 yurak urishini kuzatish funksiyasi bilan chiqadi

28.08.2025 | 14:009973

Apple yangi AirPods Pro 3 ni nafaqat quloqchin, balki sog‘liqni kuzatuvchi shaxsiy assistentga aylantirmoqchi.

Yangi AirPods Pro 3 yurak urishini kuzatish funksiyasi bilan chiqadi
Apple yaqinda AirPods Pro 3 ni yurak urishini kuzatish funksiyasi bilan taqdim etishi kutilmoqda. Bu haqda Bloomberg insayderi Mark Gurman xabar berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, quloqchinlarda o‘rnatilgan LED optik sensorlar yurak urishini qon oqimi orqali o‘lchaydi va ma’lumotni iPhone’dagi Health ilovasiga uzatadi. Apple bu texnologiyani avvalroq Powerbeats Pro 2 quloqchinlarida joriy etgan edi. AirPods Pro 3 ham shu tizim asosida ishlaydi va fitnes ilovalari bilan integratsiyada foydalanuvchiga mashq paytida yurak faoliyati haqida aniq ma’lumot taqdim etadi. Agar bir vaqtning o‘zida Apple Watch taqilsa, ma’lumot standart holda soat orqali sinxronlashishi mumkin. Yangi avlod AirPods Pro nafaqat sog‘liqni kuzatish imkoniyati bilan, balki yaxshilangan ovoz sifati, shovqinni samarali bloklash funksiyasi va yangilangan dizayn bilan ham farq qiladi. Eslatib o‘tamiz, AirPods Pro 2 ilk bor 2022 yil sentyabrda chiqarilgan va 2023 yilda USB-C quvvatlanish qutisi hamda bir nechta qo‘shimcha yangilanishlar bilan yangilangan edi. Apple 9 sentyabrdagi katta taqdimotida iPhone 17, Apple Watch Series 11, Ultra 3 va AirPods Pro 3 ni namoyish etishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Apple kompaniyasi iPhone 17 modeli taqdimotini 9 sentyabr kuni o‘tkazishi haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid