add

Yangi formatdagi bank: u an’anaviy bankdan qanday farq qiladi?

Bugun 12:403392

Markaziy bank ilk marta «Tayyab Finance» mikromoliya tashkilotiga bank maqomini berdi. Ushbu qadam O‘zbekistonda mikromoliya va bank xizmatlarini yaqinlashtirishi kutilmoqda.

Yangi formatdagi bank: u an’anaviy bankdan qanday farq qiladi?

Markaziy bank «Tayyab Finance» mikromoliya tashkilotiga bank maqomini berdi. Shu bilan tashkilot faoliyatini «TAYANCH» mikromoliya banki sifatida davom ettiradi.

 

Nega bu muhim?

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda mikromoliya sektori hajmi taxminan ikki barobar oshdi. Aholining rasmiy bank xizmatlaridan foydalanish darajasi esa hozircha 55–56 foiz atrofida. Shunday sharoitda «mikromoliya banki» formati moliyaviy inklyuzivlikni kengaytirish uchun tabiiy, evolyutsion bosqich hisoblanadi: u bir tomondan kichik biznes va past daromadli aholi qatlamiga yaqin, ikkinchi tomondan — bank standartlariga yaqinlashgan modeldir.

 

Mikromoliya va bank o‘rtasidagi ko‘prik

Mikromoliya tashkilotlari so‘nggi yillarda O‘zbekistonda aholining moliyaviy xizmatlardan foydalanish darajasini oshirishdagi o‘rni oshgan. Ammo ularning faoliyati mijozlarga faqat kredit xizmatlari ko‘rsatish bilan cheklangan, depozit qabul qilish yoki to‘lov tizimlariga to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish imkoniyati yo‘q.

Shu ma’noda mikromoliya tashkiloti mikromoliya bankiga aylanishi natijasida depozit operatsiyalarini amalga oshirish, xalqaro to‘lov tizimlariga ulanish va kapital bozorlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi. Bu esa mikromoliya va an’anaviy bank tizimi o‘rtasidagi oraliq institut — yengil, moslashuvchan, biroq regulyatsiyaga bo‘ysunuvchi modelni shakllantiradi.

 

Xavotirlar ham bor

«Yirik mikromoliya tashkilotlarining mikromoliya bankiga aylanmayotgani asosiy sababi — ular uchun shu joriy segment mezonlari kengayish uchun qulayligi va afzalligida bo‘lsa kerak. Xususan, mikromoliya bankiga aylangach, tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun ajratilgan kreditlarning kredit portfelidagi ulushi 70 foizdan kam bo‘lmasligi kerak. Bu aksar yirik mikromoliya tashkilotlarining hozirgi biznes modeli uchun uncha jozibador emas. Qolaversa, boshqa klassik bank operatsiyalari (hisob-kitob, to‘lovlar va o‘tkazmalar) segmentlarida raqobat shunchalik yuqoriki (marjinallik esa aksincha past va pasayib bormoqda) kurashga kirishishda ma’no yo‘qdek», deb yozdi iqtisodchi Otabek Bakirov. 

Teglar

Mavzuga oid

Yangi formatdagi bank: u an’anaviy bankdan qanday farq qiladi? | Vaqt.uz