add

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i oldidagi yo‘l 1 oyga yopiladi

09.07.2025 | 10:1010532

Toshkentdagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘i oldida yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurilayotgani sababli, 9 avgustga qadar asosiy ko‘cha uchastogida avtoharakat vaqtincha to‘xtatildi.

«Yangi O‘zbekiston» bog‘i oldidagi yo‘l 1 oyga yopiladi
Toshkent shahridagi «Yangi O‘zbekiston» bog‘i hududida yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari boshlandi. Mazkur hududda yer osti yo‘l o‘tkazgichi qurish ishlari olib borilayotgani munosabati bilan transport harakati vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. Ma’lumotga ko‘ra, 9 avgustgacha «Yangi O‘zbekiston» ko‘chasining bog‘ga tutash qismi, ya’ni Toshkent viloyatidan kirib keluvchi yo‘nalishdagi avtoharakat cheklanadi. Ta’mirlash va qurilish ishlari har kuni soat 07:00 dan amalga oshiriladi. Ayni paytda avtoulovlar harakati maxsus aylanma yo‘nalish bo‘yicha yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, haydovchilar uchun «Yangi O‘zbekiston» bog‘i chegarasidagi ichki yo‘l orqali «Milliy bog‘» ko‘chasiga o‘tish imkoni yaratiladi.

Teglar

Mavzuga oid