
Yangi tashkil etilgan Kasbiy ta’lim agentligiga direktor tayinlandi
Prezident qarori bilan Azimjon Xusanov agentlik direktori lavozimiga tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq Azimjon Xusanov Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
Azimjon Xusanov bunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, prezidentning «Kasbiy ta’lim tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–190-sonli farmoni bilan Kasbiy ta’lim agentligi tashkil etilgandi.
Ma’lumot uchun, agentlik tomonidan faoliyatini davlat standartlari asosida tashkil etgan texnikumlar va o‘quv kurslari bitiruvchilariga davlat namunasidagi hujjat (diplom, sertifikat) beriladi.





