add

Yangi Toshkentning 30 foiz qismi bog‘ va xiyobonlardan iborat bo‘ladi

15.05.2025 | 11:1514862

Endilikda yangi Toshkentda yashovchilar barcha zarur xizmatlardan 15 daqiqa ichida piyoda yoki velosipedda foydalanish imkoniga ega bo‘lishadi. Loyiha iqlimiy barqarorlik, yashil energiya va energiya tejamkorlik tamoyillariga asoslangan.

Yangi Toshkentning 30 foiz qismi bog‘ va xiyobonlardan iborat bo‘ladi
Yangi Toshkent direksiyasi axborot xizmati rahbari Shahnoza Nurmatovaning ta’kidlashicha, yangi shaharda yashil qurilish konsepsiyasi O‘zbekistonning iqlim barqarorligi strategiyasida alohida o‘rin tutadi. Ushbu loyiha shahar infratuzilmasi qayta tiklanuvchi manbalardan foydalanish va energiya samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan. Shaharning energiya ta’minoti deyarli to‘liq qayta tiklanuvchi manbalar hisobiga qoplanadi. Birinchi bosqichda paxta poyalaridan ishlab chiqariladigan bioyoqilg‘i asosidagi trigeneratsiya qurilmasi ishga tushiriladi. Bu inshoot 50 MW issiqlik va 27 MW elektr energiyasi bilan ta’minlay oladi. Shuningdek, Quyosh va gidroelektr stansiyalari orqali shaharga 1 GW dan ortiq yashil energiya yetkaziladi. Energiya uzluksizligini ta’minlash uchun yirik energiya saqlash tizimlari joriy etiladi. Yangi Toshkentda yerning 30 foiz qismi yashil maskanlar — xiyobon va bog‘larga ajratiladi. Binolarda «yashil tom» texnologiyasi tatbiq etiladi. Bu esa binolarning salqinligini saqlab, energiya tejashga yordam beradi. Shuningdek, shahar jamoat infratuzilmasi «15 daqiqalik masofa» prinsipiga asosan shakllantiriladi.

Teglar

Mavzuga oid