add

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar qonun bo‘yicha necha kun dam oladi?

Bugun 08:1811701 daqiqa

Mehnat kodeksiga muvofiq, 31-dekabr kuni ham ish kuni hisoblanadi, lekin xodimlar o‘sha kuni kamida 1 soat oldin ishdan ketishi mumkin.

Yangi yil bayramida o‘zbekistonliklar qonun bo‘yicha necha kun dam oladi?

Yangi yil bayrami arafasida ish vaqtini taqsimlash tartibiga ko‘ra, 2025 yilning 31-dekabr kuni Uzbekistondagi barcha xodimlar uchun bayramoldi qisqartirilgan ish kuni hisoblanadi. Mehnat kodeksiga muvofiq, ushbu sanada ish kuni davomiyligi kamida bir soatga qisqartirilishi shart.

Mehnat kodeksining 187-moddasiga muvofiq, 31-dekabr — bayramdan oldingi kamida 1 soatga qisqartirilgan ish kuni bo‘ladi.

2026 yil 1-yanvar — payshanba Yangi yil bayrami sifatida dam olish kuni bo‘ladi.

2-yanvar — juma esa barcha xodimlar uchun odatdagi ish kuni hisoblanadi.

2026 yil 3-yanvar — shanba 5 kunlik ish haftasidagilar uchun odatiy dam olish, 6 kunlik ish haftasidagilar uchun esa odatiy ish kuni hisoblanadi.

4-yanvar — yakshanba barcha uchun odatdagidek dam olish kuni bo‘ladi.

Bayram munosabati bilan ketma-ket bir necha kunlik ta’tillar joriy etish hozircha ko‘zda tutilmagan. Hukumat tomonidan dam olish kunlarini ko‘chirish bo‘yicha qo‘shimcha qarorlar hozircha e’lon qilingani yo‘q.

Teglar

Mavzuga oid