
Yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasi — fotoreportaj
14.10.2025 | 19:2343192
Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasi o‘rtasidan avtobuslar uchun maxsus qurilgan yo‘lak ishga tushdi. Vaqt.uz fotomuxbiri ko‘chadan fotoreportaj tayyorladi.

Ko‘chada 500 ga yaqin yo‘lbo‘yi avtomobil to‘xtash joylari, 21 ta piyodalar va velosipedlar uchun xavfsiz o‘tish joylari, 17 ta bekat bor. Hozircha O‘zbekistonda yagona bo‘lgan ushbu avtobus uchun ajratilgan maxsus yo‘lak bo‘ylab 12-, 38-, 57-, 58-, 67- va 98-yo‘nalishdagi avtobuslar harakatlanmoqda.
Ko‘cha markazida O‘zbekistonda ilk marta avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lak qurilgan. Bu yo‘ldan jamoat transportidan boshqa avtomobillar harakalanishi taqiqlangan. Bekatlar ham yo‘l chetidan o‘rtasiga ko‘chirildi. Shu bilan birga yondosh troutarlar piyodalar uchun qulay tarzda qayta qurildi. Jismoniy imkoniyati cheklangan piyodalar harakatlanishi uchun ham qulayliklar yaratildi. Ko‘chadagi drenaj tizimi zamonaviylashtirildi. Yo‘l chetidan ajratilgan veloyo‘laklar barpo etildi. Piyodalar yo‘lni qulay kesib o‘tishlari uchun svetoforlar va piyodalar o‘tish joylari bilan jihozlandi.
Nizomjon Ahmedov suratlari.
Nizomjon Ahmedov suratlari.




