add

Yangixayot tumanidagi bozor yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi

22.08.2025 | 15:155193

Yong‘inni o‘chirish uchun 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb qilingan.

Yangixayot tumanidagi bozor yaqinida yong‘in sodir bo‘ldi
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, Toshkent shahar Yangixayot tumanidagi yong‘in qogoz chiqindilari va quruq o‘tlar yonib ketishi oqibatida sodir bo‘lgan. Indeks bozorida esa yong‘in sodir bo‘lmagani ma’lum qilindi. 22 avgust kuni soat 13:29 da Chortoq mahallasi, Rayhon ko‘chasida joylashgan qogozni qayta ishlash sexi hududida ochiq maydonda yong‘in chiqqan. Yonilg‘i asosan chiqindilar va quruq o‘t bo‘lgan. Yong‘in xabaridan so‘ng 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hodisa joyiga yetib borib, 13:52 da yong‘in nazoratga olingan, 14:16 da esa butunlay o‘chirilgan. Vazirlik ushbu yong‘in haqida tarqalgan «Indeks bozorida yong‘in» sarlavhali xabarlarni rad etdi. Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, hodisa aynan bozor hududida emas, balki unga yaqinda joylashgan qayta ishlash korxonasida yuz bergan. Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. Hozirgi vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Eslatib o‘tamiz, 11 avgust tonggi soat 02:20 larda Toshkent tumanida joylashgan «Uch qahramon» bozorida Teglar: Yangixayot, Indeks bozori, FVV, yong‘in, Toshkent, chiqindilar katta yong‘in sodir bo‘lgan edi. Hodisa natijasida jabrlanish holatlari qayd etilmagan.

Mavzuga oid