add

Yanvar oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Bugun 15:251 daqiqa

Yanvar oyining so‘nggi o‘n kunligida havo harorati −20…−25 darajagacha pasayishi mumkin.

Yanvar oyida O‘zbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

2026 yil yanvar oyida O‘zbekiston hududida ob-havo o‘zgaruvchan bo‘lishi, oyning oxirgi o‘n kunligida anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet ma’lum qildi.

1–2-yanvar kunlari respublika bo‘yicha quruq ob-havo saqlanadi, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Biroq 3-yanvar kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo massalari kirib kelishi natijasida respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda esa qorga aylanishi mumkin.

Markaziy va janubi-sharqiy hududlarda 4-yanvar kuni kechasi va ertalab yog‘ingarchilik davom etishi ehtimoldan holi emas. Keyinchalik birinchi o‘n kunlik oxiriga qadar yog‘ingarchilik kuzatilishi kam ehtimol sifatida baholanmoqda.

Birinchi o‘n kunlikda havo harorati kechalari asosan 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, ayrim joylarda esa 5 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin. Kunduz kunlari harorat +8...+13 daraja iliq bo‘ladi.

Ikkinchi o‘n kunlikda harorat kechalari +1...+6 daraja iliqdan -1...-6 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari esa +10...+15 daraja iliqdan -2...-3 daraja sovuqqacha o‘zgarib turadi. Respublika shimolida esa sovuq kuchayib, harorat -13...-15 daraja sovuqqacha yetishi mumkin.

Uchinchi o‘n kunlikda sovuq to‘lqinlar kirib kelishi sababli harorat yanada pasayishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda tungi harorat −20…−25 darajagacha, kunduz kunlari esa −5…−15 daraja atrofida bo‘lishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid