add

Yaponiya bog‘laridan Shotlandiya tog‘lari tomon yoyilgan kuz manzaralari

Kecha 15:554913

Kuz barglari rangga kirar ekan, go‘yoki, dunyo xaritasi ham zarg‘aldoqqa bo‘yaladi. Quyida qizil barglar shivirlayotgan, oltin o‘rmonlar sokin nafas olayotgan manzaralarni siz bilan bo‘lishamiz.

Yaponiya bog‘laridan Shotlandiya tog‘lari tomon yoyilgan kuz manzaralari

Kuz faslida barglarning rangga kirishini kuzatish maqsadida dunyo bo‘ylab sayohat qilish uzoq asrlik an’analardan biri bo‘lib, bu borada amerikaliklar peshqadam. Ular 19 asrdanoq aynan kuz tarovatini his etish maqsadiga qit’alar aro sayohatga chiqqan. Xususan, amerikalik yozuvchi, faylasuf, essenavis Henri Devid Toro va Amerika she’riyatining eng ta’sirli va sirli shoiralaridan biri Emili Dikinson kuz faslining go‘zalligini hayrat bilan tasvirlab yozgan.

2

3

44

Oradan asr o‘tgach, millionlab amerikaliklar avtomagistrallar orqali sayohat qilib, yo‘l bo‘yidagi bog‘lardan olmalar terib, kichik uylarda qolib, lager haftaliklarini o‘tkaza boshladi. Ular Texasni kezib o‘tar, Nyu- Yorkdagi Katskil va Adirondak tog‘larini velosipedda kashf etar, Shimoliy Karolinadagi Blue Ridge va Rokki tog‘larini yayov kezardi.

Umuman olganda, hayratomuz kuz ranglarini dunyoning turli o‘rmonlarida ko‘rish mumkin. Yaponiyadagi olovrang zaranglar, Shotlandiya tog‘lari bo‘ylab yoyiladigan oltin rangli o‘rmonlar-u Olmoniyadagi ulkan bog‘lar bunga misol.

Yaponiya

Yaponiyada barglarning oltin rangga kirishi umumxalq voqeasi bo‘lib, bu jarayon Momijigari — «qizil barglarni ovlash» deb ataladi. Bu atama aynan shu faslda zarang barglarining olovrang tusga kirishiga ishora qiladi. Barglarning rang o‘zgartirishi mamlakat bo‘ylab oktyabr o‘rtalaridan dekabr boshigacha davom etadi.

5

6

7

«Momijigari»ni nishonlash uchun eng mashhur joylari Tokiodan uncha uzoq bo‘lmagan Yoro vodiysi, UNESCO merosi bo‘lgan Tenryu-ji ibodatxonasi, yovvoyi va ulkan tabiati bilan dovruq qozongan Daisetsuzan milliy bog‘i bo‘lib, bu hududlarda millionlab odamlar aynan kuz haroratini his qilish uchun tashrif buyuradi.

Shuningdek, yaponlarning kuz faslida o‘tkazadigan yana bir an’anasi «Shinrin-yoku», (o‘rmon vannasi — tabiat qo‘ynida dam olish) bo‘lib, uni ado etish uchun noyabr oyi eng yaxshi vaqt hisoblanadi. Bundan tashqari, bu faslda butun mamlakat bo‘ylab ko‘plab festivallar bo‘lib o‘tadi. Masalan, 1634-yildan beri o‘tkaziladigan Nagasaki Kunchi festivalida kuzgi hosilni yig‘ib olish bahonasida raqs va sahna chiqishlari tashkillashtiriladi.

Janubi-g‘arbiy Germaniya

«Qora o‘rmon» milliy bog‘i nomiga qaramay, kuzda eng yorqin ranglarga boy Germaniyadagi hududlardan biri bo‘lib, sentyabrdan noyabr oyigacha barglar to‘q sariq rangga kiradi.

88

«B500 avtomobil yo‘lidan yursangiz, butun «Qora o‘rmon»ning kuz ranglari ko‘z oldingizda ochiladi. Bu sayohatni tarixiy binolari, hashamatli mehmonxonalari bilan tanilgan Baden-Baden shahridan boshlashingiz mumkin», deydi mamlakat Milliy turizm idorasi vakili Liv Boeing.

Mazkur o‘rmon tabiati bag‘rida yolg‘izlikni qadrlash nemis san’ati — «Waldeinsamkeit», ya’ni «o‘rmondagi yolg‘izlikni his etish»ni mashq qilish uchun eng mos joy ham.

Shotlandiya

Shotlandiyaning tog‘li hududlari kuz faslida to‘q zarg‘aldoq, qizil va to‘q sariq tuslarga kiradi. Bu faslda u Yevropadagi eng go‘zal, lekin ko‘pincha e’tibordan chetda qoladigan manzillardan biri hisoblanadi. Har yili yoz oylarida Edinburg Fringe festivali kabi ommabop tadbirlar sabab Shotlandiyaga mehmonlar oqimi kuchayadi.

9

10

Biroq ko‘pchilik mamlakatning kuzdagi tiniq havosi, go‘zal ranglari va qulay mehmonxonalaridan bahramand bo‘lish imkoniyatini o‘tkazib yuboradi. Shotlandiyada kuzning eng jozibali davri oktyabr oyining ikkinchi yarmidan noyabr boshigacha davom etadi.

Cairngorms milliy bog‘ining piyoda yo‘laklarida sayr qilish, Perthshire mintaqasidagi 200 ming akrdan ortiq «katta daraxtlar mamlakati»ni kashf etish yoki Loch Lomond ko‘lida sokin kruizga chiqish orqali Shotlandiyada kuz tarovatini yaqindan his qilish mumkin.

Kanada

11

12

13

Kanadaning okean bilan tutashgan har ikki qirg‘og‘ida kuz ranglari go‘zal namoyon bo‘ladi, biroq asl kuz manzaralarini tomosha qilish uchun eng yaxshi hudud Kvebek bo‘lib, bu yerda shahar muhitidan qochish, tabiat qo‘yniga sho‘ng‘ish mumkin.

«Kvebek AQSH sayohatchilari uchun an’anaviy Yangi Angliya kuz marshrutlariga nisbatan go‘zal va ancha gavjum bo‘lmagan alternativa taklif qiladi. Laurentian tog‘laridan «Eastern Townships»gacha cho‘zilgan yorqin qizil, to‘q sariq va oltin ranglar bilan o‘ziga jalb qiladi», deydi rasmiy turizm platformasi vakili Josi Lepke.

Teglar

Nurmuhammad Fayzulloyev

Nurmuhammad FayzulloyevMaqolalar soni: 2

Barchasi

Mavzuga oid