
Yaponiya Markaziy Osiyo davlatlari bilan «C5+1» sammiti o‘tkazishni rejalashtirmoqda
19–20-dekabr kunlari Tokioda mintaqaning besh davlati ishtirokida sammit o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Uchrashuv orqali Yaponiya Markaziy Osiyo bilan diplomatik faollikni kuchaytirmoqchi.

Yaponiya 19–20-dekabr kunlari «C5+1» formatidagi sammitni o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Nippon nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sammit doirasida bosh vazir Sanae Takaitining Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlari ham ko‘rib chiqilmoqda. LDP vitse-prezidenti Taro Aso partiyaning mintaqa bilan hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishida mazkur rejalarni ma’lum qilgan.
Uning ta’kidlashicha, so‘nggi yarim yil ichida Rossiya, Xitoy, AQSH va boshqa davlatlar Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan sammitlar o‘tkazgani diplomatik raqobatni yanada kuchaytirgan. Shu bois, Yaponiya uchun ham bunday formatdagi uchrashuvni muvaffaqiyatli tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumot uchun, Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Fumio Kishida shu yil avgust oyida Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga amalga oshirishi kerak bo‘lgan safarini mamlakatda kutilgan kuchli zilzila xavfi tufayli so‘nggi daqiqalarda bekor qilgan edi.





