add

Yaponiyada 2000 iyenalik kupyura deyarli yo‘qolgan, ammo Okinavada hanuz ommabop

11.08.2025 | 15:5048064

2000 yilda G8 davlatlarining sammiti sharafiga chiqarilgan 2000 iyenalik banknota Yaponiya bo‘ylab deyarli qo‘llanilmaydi, ammo Okinavada u mahalliy ramz sifatida hanuz keng muomalada.

Yaponiyada 2000 iyenalik kupyura deyarli yo‘qolgan, ammo Okinavada hanuz ommabop
Yaponiya 2000 iyenalik banknotni ilk bor 2000 yil 19 iyulda, Okinavada o‘tgan «Katta sakkizlik» sammiti (hali Rossiya ishtirokchi edi) munosabati bilan muomalaga chiqargan. Bu — Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri mamlakatda qiymati «2» raqamidan boshlanuvchi ilk pul birligi edi. Boshqa ko‘plab davlatlarda bunday amaliyot odatiy bo‘lsa-da, Yaponiyada yangi kupyura ommaviy tarzda qabul qilinmadi. Moliya vazirligi va Yaponiya bankining targ‘ibot ishlariga qaramasdan, aksariyat bankomat va avtomatlar 2000 iyenalik kupyurani qabul qilmadi yoki tarqatmadi. 2004 yilning avgustiga kelib uning aylanmadagi soni 510 mln donaga yetgan bo‘lsa, keyin keskin kamaydi. Shu yiliyoq yangi banknotlar bosish to‘xtatildi, hozir muomalada 100 mln donadan kam, ya’ni umumiy aylanishdagi kupyuralarning atigi 0,6 foizini tashkil etadi. Iyena 01 Ko‘pgina yaponlar bu pul birligini umuman ko‘rmagan yoki u hali ham muomalada ishlatilishi mumkinmi, deb hayron qoladi. Biroq Okinavada vaziyat mutlaqo boshqacha: banknotdagi Syuri qasrining ramzi — Shureymon darvozasi mahalliy aholi uchun yuksak ahamiyatga ega. Okinava banki va Ryukyu bankomatlarida hatto «2000 iyenalik ustuvor» tugmasi mavjud bo‘lib, u orqali mijozlar kundalik xaridlar uchun maxsus shu kupyurani yechib olishlari mumkin. Iyena 06 Banknotning orqa tomonida «Genji haqida rivoyat» asaridan parcha va uning muallifi Murasaki Sikibuning portreti aks etgan. Madaniy qiymati sababli, u Yaponiyaga tashrif buyuruvchi xorijlik sayyohlar orasida ham qiziqish uyg‘otgan. 2000 iyenalik kupyura qiymati agar o‘zbek so‘miga o‘girilsa 170 ming so‘m atrofida bo‘ladi.

Teglar

Mavzuga oid