add

Yaponiyada ishchilarni issiqda ishlatgan kompaniyalar jarimaga tortiladi

02.06.2025 | 21:0014872

Yaponiyada havo harorati yuqori bo‘lgan paytda xodimlarini ishga majburlagan kompaniyalarga qarshi keskin choralar belgilandi. Yangi qonunga ko‘ra, bunday holat uchun 3500 dollargacha jarima qo‘llaniladi.

Yaponiyada ishchilarni issiqda ishlatgan kompaniyalar jarimaga tortiladi
Bu choralar 2024 yilda yuzaga kelgan fojealar — ish joyida issiq tufayli 30 kishining halok bo‘lishi va qariyb 1200 nafar xodimning jarohat olishi ortidan joriy etildi. Hukumatning ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi qurilish va ishlab chiqarish sohasida faoliyat yuritganlar. Yangi tartiblarga ko‘ra, kompaniyalardan ish joylarini konditsionerlar bilan jihozlash, zarurat tug‘ilganda xodimlarni shoshilinch ravishda shifoxonaga yetkazish imkoniyatini ta’minlash talab etiladi. Qonunga muvofiq, agar ish joyidagi harorat bir soatdan ortiq yoki bir kunda to‘rt soat yoki undan ko‘p vaqt davomida 31 darajadan oshib ketsa, bunday sharoitda mehnatni tashkil etish uchun maxsus profilaktik choralar ko‘rilishi shart. Mazkur qonun Yaponiyaning ish muhitini xavfsizlashtirish, yuqori haroratdan kelib chiqadigan sog‘liq xavflarini kamaytirishga qaratilgan. Yapon rasmiylariga ko‘ra, bunday choralar orqali har yili takrorlanayotgan qurbonliklar oldi olinishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid