Yaponlardan o‘qiladigan va ekiladigan «yashil gazeta»
23.05.2025 | 21:1529413
Yaponiyaning mashhur «The Mainichi» nashri ekologik tashabbus doirasida o‘ziga xos gazeta ishlab chiqardi — uni o‘qib bo‘lgach, yerga ekish mumkin. Gazeta gullarga aylanadi.

Yaponiyaning yetakchi nashrlaridan biri «The Mainichi» innovatsion ekologik loyihani amalga oshirmoqda — «yashil gazeta»ni taqdim etildi. Bu gazeta nafaqat axborot manbai, balki tabiatga foyda keltiradigan mahsulot sifatida ham ishlab chiqilgan. Gazeta qayta ishlangan qog‘oz, suv va turli gullar va o‘simliklar urug‘laridan tayyorlangan. Undan foydalanib bo‘lgach, sahifalarini mayda bo‘laklarga bo‘lib, yerga ekish mumkin. Keyin esa suv quyiladi va vaqt o‘tishi bilan bu qog‘ozdan gullar o‘sib chiqadi.
Ekologik tashabbus Yaponiya aholisi tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi. Loyiha natijasida «The Mainichi» nashrining kunlik nusxalari 4 milliondan oshdi. Gazeta bosib chiqaruvchi kompaniya bundan taxminan 700 ming dollar (80 million iyena) daromad oldi.
Gazeta mualliflari maktablarda mahorat darslari o‘tkazib, bolalarga qayta ishlash, atmosferaga uglekislota chiqarilishini kamaytirish va ekologik mas’uliyat haqida tushunchalar berishdi.
Maxsus loyiha haqida ekologik nashr «Ecologynow» bu kabi tashabbuslarni qayta ishlash muammolarini hal qilish va tabiatni muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlangan.
Ma’lumot uchun: «The Mainichi» gazetasi Yaponiyaning eng qadimiy nashrlaridan biri hisoblanadi va 153 yildan buyon matbuot tarixing ajralmas qismi, balki mamlakatning butun bir davrlar ketma-ketligini yoritgan tirik guvoh sifatida ham qaraladi.