add

Yerosti suv inshootlariga hisoblagich o‘rnatish tartibi belgilandi

03.09.2025 | 10:1513562

O‘zbekistonda yerosti suvini hisobga olish uchun inshootlarni maxsus hisoblagich vositalari bilan jihozlash va ularni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi joriy etildi.

Yerosti suv inshootlariga hisoblagich o‘rnatish tartibi belgilandi
Hukumat qaroriga muvofiq, yerosti suvidan foydalanishda hisoblagich o‘rnatish shart bo‘ladi. Hisoblagichlar davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazilib, muhrlanadi. Shu bilan birga, hisoblagich o‘rnatilmagan inshootlardan suv olish qat’iyan taqiqlanadi. Faqat O‘zbekiston Respublikasida o‘lchash vositalari davlat reyestriga kiritilgan turdagi suv hisoblagichlaridan foydalanishga ruxsat beriladi. Bu suv resurslaridan samarali va shaffof foydalanishni ta’minlash maqsadida amalga oshirilmoqda. Hududiy gidrogeologiya stansiyalari va tuman soliq inspeksiyalari so‘rovnoma yuborilgandan so‘ng 10 kun ichida o‘rnatilgan hisoblagichlarni ro‘yxatdan o‘tkazib, muhrlab qo‘yadi. Davlat xizmati uchun belgilangan yig‘im BHMning 50 foizini tashkil qiladi. Yangi tartib suvdan noqonuniy foydalanishning oldini olish, suv resurslarini tejash hamda davlat nazoratini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Teglar

Mavzuga oid