add

YeTB O‘zbekiston uchun iqtisodiy tahlilning yangi modelini yaratdi

26.05.2025 | 11:405753

Yevroosiyo taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyotini prognozlash va tahlil qilish uchun xalqaro standartlarga mos ilk makroiqtisodiy modelini ishlab chiqdi. Bu iqtisodiy islohotlarni baholash, xavf-xatarlarni oldindan ko‘rish va turli ssenariylar asosida qaror qabul qilish imkonini beradi.

YeTB O‘zbekiston uchun iqtisodiy tahlilning yangi modelini yaratdi
2025 yil 21 may kuni taqdim etilgan mazkur model YeTBning mamlakatimiz bo‘yicha birinchi rasmiy prognozini tayyorlashga xizmat qiladi. Prognoz iyun oyida e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Model O‘zbekistonning YeTBga a’zo bo‘lishi va bankdagi 10 foizlik aksiya paketini egallagan holda uchinchi yirik sahmdorga aylangani bilan bog‘liq. Model orqali global va mahalliy shoklar ta’siri, fiskal va pul-kredit siyosatining natijalari, valyuta kurslari, inflyatsiya, ish haqi, byudjet balansi kabi ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi. Ushbu vosita iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va maqsadli siyosat yuritishda muhim ahamiyat kasb etadi. YeTB Bosh iqtisodchisi Yevgeniy Vinokurov ta’kidlaganidek, model ichki va tashqi iqtisodiy aloqalarni qamrab olgan bo‘lib, O‘zbekistonning makroiqtisodiy siyosatida mustahkam tahlil asosiga aylanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu instrument tashqi savdo, YAIM, pul oqimi va foiz stavkalari bo‘yicha ham real prognozlar berish imkonini yaratadi. Bankning ma’lum qilishicha, ushbu tashabbus YeTBning a’zo davlatlar o‘rtasidagi bog‘liqlik va barqaror rivojlanish tamoyillariga tayangan holda amalga oshirilmoqda. bugungi kunda bank 305 loyiha orqali 16,5 milliard dollarlik investitsiyalarni amalga oshirgan.

Teglar

Mavzuga oid