add

Yevroittifoq yetakchilari Ukrainaga 140 mlrd yevro kredit ajratish bo‘yicha kelisha olmadi

03.10.2025 | 09:0127914

Yevroittifoq yetakchilari Ukraina uchun Rossiya aktivlari asosida rejalashtirilgan 140 mlrd yevro kredit bo‘yicha kelishuvga erisha olishmagan.

Yevroittifoq yetakchilari Ukrainaga 140 mlrd yevro kredit ajratish bo‘yicha kelisha olmadi
Yevropa Ittifoqi yetakchilari Ukrainaga Rossiya aktivlari hisobidan 140 mlrd yevro ajratish masalasida kelishuvga yetisha olmadi, deya xabar berdi Financial Times. Eng ko‘p aktivlar muzlatilgan Belgiya bu mablag‘larni musodara qilishga qarshi chiqmoqda. Belgiya bosh vaziri Bart De Vever Kopenhagendagi Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitida so‘zlab, mamlakat hali YeIdan moliyaviy xavflarni bo‘lishish bo‘yicha kafolat olmaganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Ukraina bo‘yicha ko‘ngillilar koalitsiyasi» endi «to‘lovchilar koalitsiyasi»ga aylanishi kerak. «Agar barcha davlatlar o‘z hissasini qo‘shsa, aktivlarni musodara qilishga ehtiyoj qolmaydi», — dedi u. Vengriya bosh vaziri Viktor Orban esa Ukraina uchun YeI a’zoligini «ortiqcha va amalga oshmaydigan» deb atadi. Uning fikricha, Kiyevga «chin bitim» sifatida faqat strategik hamkorlik taklif etilishi mumkin. Orban Yevropa Ittifoqi uchun «muvaffaqiyatli davlatlar, masalan Gurjiston» kerakligini aytib o‘tdi. Shu bilan birga, Bloomberg ma’lumoticha, Germaniya kansleri Fridrix Mers muzokaralar paytida Orbanni qattiq tanqid qildi. Bahs Rossiya tahdidlari va Ukrainaga ko‘mak mavzusidagi muhokamalar davomida yuzaga keldi. Polsha bosh vaziri Donald Tusk esa Rossiyaning Yevropa oldida «ruhiy ustunligi» haqida gapirdi. «Rossiya janga, qurbonlikka va azob tortishga tayyor. Bu ularning psixologik afzalligi», — dedi u. Tusk, shuningdek, Polsha uchun eng ustuvor masala Ukrainadagi mojaroda tezkor to‘xtash va «yarashuv» ekanini qayd etdi. Moskva esa bu bahslarga keskin munosabat bildirdi. Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, YeIda Rossiya aktivlarini musodara qilish muhokamasi «banditlar guruhi»ga o‘xshaydi. «Kimdir shuxerda, kimdir o‘g‘irlayapti, Belgiya esa: «Xayr, kelinglar mas’uliyatni bo‘lishaylik», deb baqiryapti», — dedi u. Kreml Rossiya mulkini o‘zlashtirish urinishlari javobsiz qolmasligini ham qo‘shimcha qildi.

Teglar

Mavzuga oid