add

Yevrokomissiyasi Isroilga qarshi yangi sanksiya qo‘llamoqchi. Germaniya va Italiya qarshi

30.08.2025 | 20:3012183

Yevropa komissiyasi G‘azo sektoridagi og‘ir humanitar vaziyat sabab Isroilga nisbatan sanksiya joriy etish taklifini ilgari surdi. Unga ko‘ra, mamlakat «Horizon Europe» tadqiqot dasturidan chetlatilishi mumkin.

Yevrokomissiyasi Isroilga qarshi yangi sanksiya qo‘llamoqchi. Germaniya va Italiya qarshi
Agar bu taklif qabul qilinsa, Isroil kompaniyalari Yevropa grantlari va millionlab yevro mablag‘lardan mahrum bo‘ladi. Bu tashabbusni ko‘plab Yevropa davlatlari qo‘llab-quvvatladi, ammo barchasi bir ovozdan rozi bo‘lmadi, deb yozmoqda Bild nashri. Xususan Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful Kopenhagendagi uchrashuvda bunday sanksiya G‘azodagi vaziyatga ta’sir qilmasligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya bundan ko‘ra Isroilga qurol yetkazib berishni cheklash siyosatida qoladi. Vadeful «Bu juda maqsadli chora va juda muhim», deya ta’kidladi. Italiya ham sanksiyaga qarshi chiqdi. Biroq Fransiya, Ispaniya, Niderlandiya kabi yirik davlatlar va qator kichik a’zo mamlakatlar taklifni ma’qulladi. Ammo qarorni qabul qilish uchun oddiy ko‘pchilik yetarli emas. Yevropa Ittifoqida sanksiya kabi jiddiy masalalarda «mutlaq ko‘pchilik» talab qilinadi, ya’ni qaror qabul qilish uchun mamlakatlar kamida ittifoq aholisining 65 foizini qamrab olishi shart. Hozircha bunday yakdillik yo‘q.

Teglar

Mavzuga oid