add

«Yevroosiyo banki» faoliyati tugatilmoqda

28.08.2025 | 11:1527143

Markaziy bank ustav kapitali talablarga javob bermagani uchun «Yevroosiyo banki» litsenziyasini bekor qilib, uni majburiy tugatishga qaror qildi.

«Yevroosiyo banki» faoliyati tugatilmoqda
Belgilangan me’yorlarga amal qilmagan «Yevroosiyo banki» litsenziyasi qaytarib olinib, uni majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati ma’lum qildi. Markaziy bank Boshqaruvining 2025 yil 27 avgustdagi qaroriga asosan «Yevroosiyo banki» aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya chaqirib olindi. Qarorga asosiy sabab sifatida bankning ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan minimal talablarga muvofiqlashtirilmagani ko‘rsatilgan. Shuningdek, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa shartlar ham bajarilmagani qayd etilgan. Markaziy bankning ma’lum qilishicha, mazkur qaror «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi hamda «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlar asosida qabul qilingan. Shu bilan birga, bankni majburiy tugatish va maxsus tugatish komissiyasini tayinlash belgilandi. Ma’lumot uchun, «Yevroosiyo banki» 2024 yil 11 yanvarda Markaziy bankdan litsenziya olgan edi. Bankning Nizomida Nizom jamg‘armasi 200 mlrd so‘m qilib belgilangan. Shu tariqa, O‘zbekistonda amal qilayotgan tijorat banklari soni 36 tadan 35 tagacha kamaydi.

Teglar

Mavzuga oid

«Yevroosiyo banki» faoliyati tugatilmoqda | Vaqt.uz