add

«Yevroosiyo banki» O‘zbekistondagi faoliyatini tugatishini e’lon qildi — sabablar

28.08.2025 | 17:308118

«Yevroosiyo banki» ustav kapitalini talab etilgan darajaga yetkazmagani va qonunchilik talablarini bajarmagani uchun faoliyati to‘xtatildi. Shu bilan birga, bank atrofida boshqa nizolar ham avjida.

«Yevroosiyo banki» O‘zbekistondagi faoliyatini tugatishini e’lon qildi — sabablar
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki «Yevroosiyo banki» («Eurasian bank») aksiyadorlik jamiyatidan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyani qaytarib олganini e’lon qildi.
«Bank tomonidan ustav kapitali miqdori qonunchilikda belgilangan eng kam talablarga muvofiqlashtirilmagani hamda banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa talablar bajarilmagani sababli ushbu qaror qabul qilindi», deb xabar bergan regulyator.
2023 yil aprelda prezident banklar ustav kapitalining eng kam miqdorini bosqichma-bosqich oshirishni nazarda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Unga ko‘ra, shu yildan boshlab eng quyi chegara 500 mlrd so‘mga yetkazilgan. Ammo «Yevroosiyo banki» kredit va depozit portfelini shakllantirmagan, jami kapitali esa 104 mlrd so‘mni tashkil qilgan. Bundan tashqari, birinchi yarim yillikni 51,6 mlrd so‘m zarar bilan yopgan. Yuqoridagi asoslar tufayli O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki qozog‘istonlik investorlarga tegishli «Yevroosiyo banki»ni majburiy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.   Tashkilotdagi nizo Bu faqat bank bilan bog‘liq yagona holat emas. Kursiv KZ’ning ma’lum qilishicha, Olmaotada «Yevroosiyo moliyaviy kompaniyasi»ning aksiyadori bo‘lgan Pattoh Shodiyev «Yevroosiyo banki» va «Yevroosiyo» sug‘urta kompaniyasi yuzasidan o‘zaro sudlashmoqda.  Unda kompaniya kuzatuv kengashining 2 iyundagi qarorlarini «haqiqiy emas» deb topishi va navbatdan tashqari aksiyadorlar yig‘ilishini o‘tkazish talab qilingan. Sud Shodiyevning ta’minot choralari haqidagi iltimosini rad etdi, chunki bu kompaniya faoliyatini «izdan chiqarishi» mumkinligi aytgan. Shunga o‘xshash da’vo bilan keyinroq «Yevroosiyo moliyaviy kompaniyasi»ga marhum Alijan Ibragimovning o‘g‘li Shuhrat Ibragimov ham murojaat qilgan. U aksincha, kuzatuv kengashi qarorlarini haqiqiy deb topish va kompaniyani ularni bajarishga majburlashni talab qilgan. Ibragimovning o‘zi ham kuzatuv kengashi a’zosi hisoblanadi. Ibragimov va Shodiyev o‘rtasidagi kelishmovchiliklar yil boshidayoq boshlangan. Shodiyev va Mashkevich «Yevroosiyo moliyaviy kompaniyasi»ni sotishni rejalashtirgan bo‘lsa, Ibragimov bu qarorga qarshi chiqqan. U sudga murojaat qilib, «Yevroosiyo moliyaviy kompaniyasi» taqdiri hal qilinishi kerak bo‘lgan bir necha aksiyadorlar yig‘ilishlarini bekor qildirgan. Iyul oyi oxirida mojaroga Shodiyevning qizi Munisa ham qo‘shildi. U uchinchi shaxs sifatida chiqib, otasining pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlamoqda. «Yevroosiyo moliyaviy kompaniyasi»ning o‘zi esa kuzatuv kengashi a’zolari – Ibragimov va Andrey Kopovga qarshi sudga da’vo kiritgan. eGov.kz ma’lumotlari ko‘ra, Yevroosiyo moliya kompaniyasi esa marhum Alijan Ibragimovning rafiqasi Muqaddasxon, Patoh Shodiyev va Aleksandr Mashkevichga (u 2025 yil 22 martda vafot etgan) tegishli.

«Eurasian bank» rasmiy saytida ham O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatishini, asosiy e’tiborni Qozog‘iston bozoriga qaratishini ma’lum qildi.

«Yevroosiyo banki» AJ O‘zbekistondagi faoliyatini to‘xtatishi haqida ma’lum qiladi. Bu qaror bank tomonidan avvalroq qabul qilingan strategiyaning mantiqiy yakunlanishidir. Unga muvofiq, bank o‘z resurslarini Qozog‘istondagi biznesni rivojlantirishga yo‘naltirmoqda.

O‘zbekistondagi bankka investitsiyalarni to‘xtatish haqidagi qaror nazoratchi organ tomonidan rasman ma’lum qilinishidan ancha oldin, bank boshqaruvi va kuzatuv kengashi tomonidan ma’qullangan edi. Qozog‘iston bozoriga e’tiborni kuchaytirish orqali bank yangi loyihalarni amalga oshirish va mijozlar hamda hamkorlar uchun katta salohiyatga ega bo‘lgan segmentlarda o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashni maqsad qilgan», deyiladi rasmiy press-relizda.

«Yevroosiyo banki» haqida Bank 1994 yilda Qozog‘istonda tashkil qilingan. Bosh ofisi Almatida joylashgan. O‘zbekistonda bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya 2024 yilning 11 yanvar kuni berilgan. Bank Ibragimovlar oilasi (Muqaddasxon Ibragimova, tadbirkor Alijan Ibragimovning bevasi), tadbirkorlar Aleksandr Mashkevich va Fattoh Shodiyevlar boshchiligidagi «Yevroosiyo moliya kompaniyasi» guruhi tarkibiga kiradi. O‘tgan yilning yanvar-sentyabr oylari yakunlariga ko‘ra, sof zarar 12,6 mlrd so‘mni, 2025 yilning birinchi yarim yilida esa 51,6 mlrd so‘mni tashkil etgan. Mahliyo Hamidova tayyorladi.  

Teglar

Mavzuga oid

«Yevroosiyo banki» O‘zbekistondagi faoliyatini tugatishini e’lon qildi — sabablar | Vaqt.uz