add

Yevropa bilan hamkorlik kimgadir yoqmasa ham, davom etamiz — Abdulaziz Komilov

01.06.2025 | 19:1519583

O‘zbekiston prezidentining maxsus vakili Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlik Markaziy Osiyo manfaatiga xizmat qilishini ta’kidladi. Uning ta’kidicha, bu hamkorlik pragmatik asoslarga tayanadi va tashqi bosimlardan qat’i nazar davom ettiriladi.

Yevropa bilan hamkorlik kimgadir yoqmasa ham, davom etamiz — Abdulaziz Komilov
O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat masalalari bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov Yevropa Ittifoqi bilan Markaziy Osiyo o‘rtasidagi hamkorlik haqida fikr bildirib, bu munosabatlar kimgadir yoqadimi-yoqmaydimi, davom ettirilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Ishonch.uz saytiga bergan intervyusida gapirdi. Komilov so‘zlariga ko‘ra, mintaqa mamlakatlari ilk bor yagona sub’ekt sifatida xalqaro maydonda o‘z pozitsiyasini namoyish qilmoqda. U Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikni iqtisodiy manfaatlar asosida baholadi. Komilovning ta’kidlashicha, Yevropa Ittifoqi yalpi ichki mahsuloti taxminan 19 trln yevroga teng va bu mintaqa uchun muhim iqtisodiy sherikdir. Samarqandda o‘tgan «Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi» sammiti natijasida strategik hamkorlik deklaratsiyasi qabul qilingan. Yevrokomissiya mintaqaga to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha jami 12 mlrd yevro, Transkaspiy loyihalari uchun esa 10 mlrd yevro ajratgan. Bu voqealar ortidan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevroittifoqni Markaziy Osiyoda Rossiyaga qarshi kun tartibini ilgari surayotganlikda aybladi. U Yevropa tashkilotlarining chegara, bojxona, statistika kabi sohalardagi dasturlar orqali mintaqada o‘z ta’sirini kuchaytirishga urinayotganini ta’kidlagan. Komilov esa bunday bayonotlarga javoban, Markaziy Osiyo davlatlari mustaqil tashqi siyosat yuritayotganini va yaxshi qo‘shnichilik, pragmatizm va o‘zaro manfaat tamoyillarini ustuvor deb hisoblashini ta’kidladi.

Teglar

Mavzuga oid