
Yevropa Eronga ultimatum qo‘ydi
20.06.2025 | 21:4044482
Yevropa mamlakatlari Erondan uranni boyitishdan butunlay voz kechishni talab qilmaydi.

Yevropa mamlakatlari Eron va Isroil o‘rtasidagi mojaroda vositachilik qilishga tayyor, ammo Tehrondan Rossiyani qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatishni talab qiladi.
Bu haqda Reuters axborot agentligi ma’lum qilmoqda.
«Eronliklar amerikaliklar bilan muzokaralar stoliga o‘tira olmaydi, biz esa o‘tiramiz. Biz ularga yadroviy masalani muhokama qilish va eng yomon ssenariyni oldini olish uchun muzokaralarga qaytishlarini taklif qildik. Shu bilan birga, Rossiyani qo‘llab-quvvatlash borasidagi jiddiy tashvishimizni ham bildirdik», — dedi Yevropa diplomatlaridan biri.
Shu bilan birga, agentlik ta’kidlashicha, Yevropa mamlakatlari, AQSHdan farqli o‘laroq, Erondan uranni boyitishdan butunlay voz kechishni talab qilmaydi. Ular Tehronga yadroviy dasturning eng qat’iy xalqaro tekshiruvlariga rozilik berishi sharti bilan fuqarolik maqsadlari uchun cheklangan miqdorda uran boyitishga ruxsat berishga tayyor.





