add

Yevropa Ittifoqi 12 oktyabrdan Yagona kirish-chiqish tizimini joriy qiladi

11.10.2025 | 21:0235363

2025 yil 12 oktyabrdan Yevropa Ittifoqi tashqi chegaralarida yangi raqamli nazorat tizimi ishga tushirilib, pasportga muhr bosish amaliyotini bekor qilinadi. Barcha kirish-chiqish ma’lumotlarini elektron shaklda qayd etiladi.

Yevropa Ittifoqi 12 oktyabrdan Yagona kirish-chiqish tizimini joriy qiladi
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga safar qiluvchi fuqarolarni 12 oktyabrdan boshlab joriy etiladigan yangi kirish-chiqish tizimi haqida ogohlantirdi. Yangi tizim Yevropa Ittifoqining tashqi chegaralarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Ma’lumotga ko‘ra, «Yagona kirish-chiqish tizimi» (EES – Entry/Exit System) deb nomlangan raqamli mexanizm uchinchi davlat fuqarolari, jumladan O‘zbekiston fuqarolarining ham barcha kirish va chiqish harakatlarini avtomatik ravishda ro‘yxatga oladi. Bu tizim orqali har bir safarchi ma’lumotlari maxsus elektron bazada saqlanadi. Yangi tizimning joriy etilishi orqali Yevropa Ittifoqi chegara nazoratini raqamlashtirish, xavfsizlikni kuchaytirish va sayohatchi ma’lumotlarini aniq ro‘yxatga olishni maqsad qilgan. Endilikda fuqarolarning pasportlariga muhr bosish amaliyoti bekor qilinadi, chegaradan o‘tish vaqti elektron shaklda qayd etiladi. O‘zbekiston fuqarolaridan Yevropa mamlakatlariga safarni rejalashtirayotganda yangi talab va qoidalar bilan tanishib chiqish tavsiya etilgan. Batafsil ma’lumot Yevropa Ittifoqining rasmiy sayti — travel-europe.europa.eu orqali taqdim etilgan. Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolariga safar oldidan mazkur tizim haqidagi yangiliklarni mamlakat elchixonalari va konsulliklarining rasmiy ijtimoiy tarmoqlari orqali kuzatib borishni ham tavsiya etdi.

Teglar

Mavzuga oid